Toshkentda o‘z xotinini ijtimoiy tarmoq orqali haqorat qilgan erkakka 2 yil majburiy mehnat jazosi berilishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, oilaviy janjaldan so‘ng, erakak kishi ijtimoiy tarmoqda xotini nomiga akkaunt ochib u yerda uni haqoratlovchi ma’lumotlar joylashtirgan. Shundan so‘ng ayol kishi huquqni saqlash organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Ushbu ish yuzasidan huquqni saqlash organlari tomonidan 35 yoshli erkakka nisbatan ish qo‘zg‘atilgan. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga binoan unga 2 yil muddatga majburiy mehnat jazosi berilishi mumkin.