Bilasizmi?

«O‘zbekiston havo yo‘llari» ayollarni ishga taklif qilmoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi qizlarni bortkuzatuvchi lavozimiga ishga qabul qilish haqida tanlov e’lon qildi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: - O‘zbekiston fuqaroligi;

- Toshkent shahri propiskasi yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;

- Yoshi - 18 dan 25 yoshgacha. Tanlov kuni 18 yoshga to‘lmagan, yoki 25 yosh hamda undan katta bo‘lgan shaxslar saralashda ishtirok etishga qo‘yilmaydi;

- ta’lim - o‘rta maxsus professonaldan (akademik litsey yoki kollej) kam bo‘lmasligi;

- Davlat, rus va ingliz tillarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur miqdorda bilish. Qo‘shimcha xorijiy tillarni bilish ma’qullanadi.

Tashqi ko‘rinishga talablar:

- Bo‘yi - 162 dan 175 sm.gacha. Vazni bo‘yiga mos kelishi kerak. Xushbichim, kelishgan qaddi-qomat, yuz va qaddi-qomatda ko‘zga ko‘rinadigan tashqi nuqsonlarning yo‘qligi, sariq va oq metallardan tish koronkasining bo‘lmasligi, nutq nuqsonlari yo‘qligi, ko‘zga ko‘rinadigan joylarda pirsing hamda tatuirovkalarning bo‘lmasligi, tartibli soch turmagi.

Arizani topshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

- pasport nusxasi; - ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalari - baholash varaqalari bo‘lgan attestat yoki diplom; - tilga o‘qitish kurslarini tugatganlik haqidagi ma’lumotnomaning nusxalari (mavjud bo‘lsa); - harbiy biletning nusxasi (harbiy xizmatga majburlar uchun); - mehnat daftarchasining nusxasi (ish tajribangiz bo‘lsa).

Hujjatlarni topshirish vaqtida ariza shakli to‘ldiriladi.

Yoningizda pasport va 6x9 sm o‘lchamdagi 1 ta fotosurat bo‘lishi shart.

Ariza shakllari faqat to‘liq hujjatlar to‘plami bilan qabul qilinadi va qaytarib berilmaydi.

Tanlovda nomzodlarning umumiy rivojlanishi va dunyoqarashiga katta e’tibor qaratiladi: O‘zbekiston tarixi va geografiyasi, tarixiy obidalari hamda diqqatga sazovor joylarini, tarixiy va milliy qahramonlar biografiyasini, geografiya hamda tarixni bilishi kerak.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bortkuzatuvchi lavozimiga nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Sog‘lik bo‘yicha talablar yuqori.

Parvoz bilan bog‘liq ishga tayyorlik to‘g‘risidagi xulosa tibbiy-parvoz ekspert komissiyasi tomonidan beriladi.

Hujjatlar Toshkent sh., Lokomotiv ko‘ch., Milliy aviakompaniyaning Parvozlar majmuasida, har kuni, shanba va yakshanbadan tashqari, soat 09:00 dan 12:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov uchun hujjatlar 2017 yil 10 noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.