Bilasizmi?

O‘zbekistonda dekabrdan oyliklar oshirilmoqda

2017 yilning 1 dekabr sanasidan davlat byudjeti muassasalari va tashkilotlari xodimlari maoshlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori o‘rtacha 1,15 baravar ko‘tariladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori Feysbukdagi "Xalq bilan muloqot" guruhida chop etildi.

Qarorda 2017 yilning 1 dekabridan boshlab:

— eng kam ish haqi miqdori — 172 ming 240 so‘mni;

—  yoshga doir pensiya — 336 ming 880 so‘mni;

— bolalikdan nogironlarga beriladigan pensiya miqdori — 336 880 so‘mni;

— yetarli stajga ega bo‘lmagan qariya va mehnatga layoqatsiz kishilarga beriladigan posobiya miqdori esa — 206 ming 720 so‘mni tashkil qilishi belgilangan.