13 noyabrdan butun respublika bo‘ylab havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda harorat kechasi -2 darajagacha pasayishi, kunduzi esa +10 daraja yiliq bo‘lishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12-13 noyabr kunlari kechasi +7…+12 daraja, 14-15 noyabr kunlari kechasi +5...+10 daraja bo‘ladi. 12 noyabr kuni kunduzi +18...+23 daraja bo‘lib, 13-15 noyabr kunlari +10...+15 darajagacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 12 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12-13 noyabr kunlari kechasi +2…+7 daraja, 14-15 noyabr kunlari kechasi -2...-3 daraja bo‘ladi. 12 noyabr kuni kunduzi +12...+17 daraja, 13-15 noyabr kunlari +5...+10 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 14 noyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12-13 noyabr kunlari kechasi +7...+12 daraja, 14-15 noyabr kunlari kechasi +5...+10 daraja bo‘ladi. 12 noyabr kuni kunduzi +18...+23 daraja, 13-15 noyabr kunlari +10...+15 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 12-13 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 13-14 noyabr kunlari esa ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metr tezlikgacha kuchayishi mumkin. 12 noyabr kuni kechasi havo harorati +8...+13 daraja, kunduzi +21...+26 daraja bo‘ladi. 13-15 noyabr kunlari +10...+15 darajagacha pasayishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi va yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12-14 noyabr kunlari kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi. 15 noyabr kuni kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 12-13 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 14-15 noyabr kunlari ayrim tumanlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12-14 noyabr kunlari kechasi +2...+7 daraja, 15 noyabr kuni 0...+5 daraja bo‘ladi. 12 noyabr kuni kunduzi +13...+18 daraja, 13-15 noyabr kunlari +5...+10 darajagacha pasayishi mumkin.