Bilasizmi?

O‘zbekistonda Hayit bayrami sabab 3 kun dam olish bo‘ladi

Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekistonda rasman uch kun dam olish kuni qilib belgilanadi.

Bu haqda 2017 yilning 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shicha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonning sharhida keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz Ramazon-hayiti bayrami sanasi, bayramga yaqin kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolanadigan qarorda belgilab beriladi.