Bilasizmi?

O‘zbekistonda xotin-qizlarga arzon uy-joylar beriladi

O‘zbekistonda xotin-qizlarga arzon uy-joylar beriladi, bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.

Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonning har bir tumanida har yili muhtoj xotin-qizlarga 6-10 ta arzon uy-joylar ajratiladi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan uylarni moliyalashtirish 25 foizi (boshlang‘ich badal) xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘i, 75%i tijorat banklari imtiyozli kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.

Talabgorni kredit qoplash imkoniyati bo‘lmasa, olingan kredit mablag‘lari u ishlayotgan tashkilot kasaba uyushmalari federatsiyasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobiga qoplab beriladi, deb xabar qildi Adliya vazirligining telegrammdagi botida.