O‘zbekistondagi birinchi xususiy OTM, Toshkentdagi Yoju texnika instituti 2018/2019 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi, deya xabar qildi OTM ma’muriyati.
TYoTI hujjatlarni 1−31 avgust kunlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qiladi:
- arxitektura va shaharsozlik;
- fuqarolik qurilishi;
- muqobil energiya;
- biznesni boshqarish;
- turizm.
Kirish imtihonlari 7−8 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
OTM ta’lim daturlari Janubiy Koreya mutaxassislari bilan birgalikda tayyorlangan bo‘lib, ularda amaliy ko‘nikmalar va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga asosiy urg‘u qaratiladi.
Hujjatlar onlayn yoki Usmon Nosir ko‘chasi 110-uy manzili bo‘yicha qabul qilinadi.
Telefon: 253−81−53, 253−02−19, 253−23−19, 280−56−02.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni sayt yoki Facebook orqali bilish mumkin.
Toshkentdagi Yoju texnika institutini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum 2017 yil o‘zbek-koreys biznes-forumi doirasida iimzolangan edi. OTM O‘zbekistonda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat ditsenziyasini 24 iyul kuni oldi.