Bilasizmi?

O‘zbekistonga borish uchun eng qiziq 10 ta sabab – inglizlar fikri

O‘zbekiston – xuddi siz o‘ylagandek – ko‘zni qamashtiruvchi masjidlar, jim-jimador minoralar va guyoki vaqt ichida “muzlab” qolgan sovet davri binolaridan iborat, deb boshlanadi Britaniyaning eng qadimgi va mashhur nashrlaridan biri Evening Standart maqolasida.

Buyuk Ipak yo‘lining mashhur Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari tarixi boy, ular ko‘plab urush, vayronalik va qayta tiklanishlarni boshidan kechirgan. Shaharlarning yarimi tarix bilan yashasa boshqalari — tez rivojlanmoqda.

Agarda sizni haliyam qiziqtira olmagan bo‘lsak, keling O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 ta eng qiziq sababni sanab o‘taylik:

1. Turli madaniyatlar bir qozon ichida qaynagan, Buyuk Ipak yo‘li mamlakati. Miloddan oldingi 138 yilda Xitoy tashqi dunyo bilan savdo qilish uchun o‘z chegaralarini ochadi. Karvonlar Buxoro Samarqand va Xiva orqali Fors ko‘rfazi va Yevropa mamlakatlariga yo‘l oladi. O‘zbekiston orqali o‘tar ekan ular bu yerga yangi madaniyat, din va hunarlar olib kelgan. Bu yerda ushbu buyuk madaniy almashuvinining izlarini haligacha ko‘rish mumkin.  Masalan, forsiy uslubda qurilgan gumbazlar yoki xitoycha ipak matolar to‘qish uslublari.

2. YuNESKOning dunyo madaniy me’rosi ro‘yxatiga kiritilgan shaharni tomosha qilish. Ana shunday hayratomuz shaharlardan biri Samarqand va u yerdagi Registon maydoni. Shuningdek, Go‘r Amir va Shoxi Zinda maqbaralari hamda Ulug‘bek rasadxonasi ham tomshaga loyiq.

3. Buxoro sizni o‘tmishga qaytaradi.13 asrda buxoro Markaziy Osiyoning muhim savdo, din va ilm markazi bo‘lgan. Bugungi kunda ham o‘sha zamonning ajoyib bozorlari, shahar ko‘chalari masjid va minoralari saqlanib qolgan. Bu yerda siz haqiqiy o‘tmish bilan zavqlanishingiz mumkin.

4. Toshkentda Sovet me’morchiligini ko‘ring. Poytaxt shahar bir tomondan keng yo‘llar, milliy qahramon Amir Temur haykali Sovet Ittifoqi uslubida qurilgan davlat, maktab va mehmonxona binolardan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan Chorsu bozori va uning atrofidagi “eski shahar”. Toshkent metrosining har bir bekati – o‘ziga xos takrorlanmas uslubda bezatilgan.

5. O‘zbekistonda bir joydan ikkinchi joyga borish juda oson. Markaziy Osiyoning  birinchi tezyurar poyezdi sizni 3 soatdan kam vaqt ichida Buyuk Ipak yo‘lining kerakli shahriga olib boradi. Narxi ham qimmat emas.

6. Hunarmanchilik mahsulotlariga to‘lib-toshgan. O‘zbekiston xaridorlar uchun haqiqiy jannat bo‘lishi mumkin. Bu yerda kartinalar, sopol idishlar, gilamlar, quritilgan mevalar – umuman siz sotib olishni istagan narsalar juda ko‘p. Ipak gazlamalarning istalgan rangidan topish mumkin. Asosiysi, ushbu mahsulotlarning barchasi – qo‘lda ishlangan va o‘zining takrorlanmas bezagiga ega.

7. Hammadan birinchi bo‘ling. Hozircha bu yerda chet ellik sayyohlar ko‘p emas. Bu sizga barcha qiziq joylarni erkin tomosha qilish imkonini beradi. O‘zbeklar juda xushmuomala xalq. Ularning aksariyati ingliz tilini bilmasa-da, sizning O‘zbekiston haqidagi fikringiz bilan qiziqadi. Suhbatga tayyor bo‘ling.

8. O‘zbekistonda faqat masjid va maqbaralar mamlakati emas. Bu yerning tabiati tog‘, cho‘l va o‘rmonlarga boy. Tunni ko‘chmanchilar o‘tovida o‘tkazish mumkin, tog‘larga saylga chiqish mumkin.

9. Instagramingizdan hammaning “og‘zi ochilib” qoladi…  O‘zbekistonning katta qismi ideal fotosurat desa bo‘ladi: Registon maydoni, rangba-rang o‘zbek milliy kiyimlari, chiroyli ko‘k gumbazli masjidlar. Siz u yerga borsangiz, instagrammingizda, albatta, bir necha og‘iz ochilib qoladigan suratlar paydo bo‘ladi.

10. Go‘shtli taomlar bayrami. O‘zbekistonda mol va qo‘ylar ko‘p yetishtiriladi, shuning uchun barcha milliy taomlarda go‘sht bor. Albatta palov, shashlik, somsani tatib ko‘ring. Mahalliy bozorlarda ushbu taomlarni yaxshi pishirishadi.