Bilasizmi?

O‘zbekistonlik dizayner Xitoydagi modalar haftaligida ishtirok etdi (foto)

O‘zbekistonlik taniqli dizayner Narimon Grigoryan 12—17 yanvar kunlari Xitoyning Xarbin shahrida bo‘lib o‘tgan moda haftaligida ishtirok etdi. Bu haqda Daryo.uz yozmoqda.

Haftalikda dunyoning 46 ta davlatidan modelerlar ishtirok etdi. Narimon Grigoryan haftalikda o‘zining yangi oqshom liboslari to‘plamini taqdim etdi. Dizayner oqshom liboslarini yaratishda gipyur, atlas, tafta kabi matolardan foydalangan.