Oshxona

Ochil dasturxon: Quymoqli tort

Quymoqli tort turli rivojlangan mamlakatlarda aholi sevib iste’mol qiladigan sevimli shirinliklardan biri sanaladi. Eng muhimi, quymoqlarni pishirib olgach, uni o‘zingizga ma’qul kelgan krem, mevalar, xatto, murabbodan foydalanib, tayyorlashingiz mumkin. Biroq tort hosil qilish uchun eng kamida 15-17 ta dona tayyor quymoq kerak bo‘ladi.

Quymoqli tortni tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar:

20-25 dona tayyor quymoq (quymoqni tayyorlash uchun 0,5 litr sut, 1 ta tuxum, 1 chimdim tuz, 1 chimdim iste’mol sodasi, 0,5 choy qoshiq shakar, 4 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, yetarlicha miqdorda un kerak bo‘ladi. Ushbu masalliqlar birin-ketin aralashtiriladi va tovada pishirib olinadi)

Nachinkasini tayyorlash uchun: 0,5 stakan qaymoq; 3 stakan kakao; 3 osh qoshiq shakar; Istalgan mevadan tayyorlangan 1 osh qoshiq murabbo;

Tayyorlash jarayoni:

Nachinkani mikser yordamida kakao va murabbodan tashqari barcha masalliqlarni ketma-ket solib, bir necha daqiqa davomida ko‘pirtiriladi. E’tibor bering, bunda nachinka quyuq holga kelishi kerak. So‘ng murabbo hamda kakao solib ko‘pirtiriladi.

Aytish kerakki, tort uchun ishlatiladigan quymoqlar sovuq holda bo‘lishi kerak. Laganga birinchi quymoqni qo‘yib, ustiga nachinka bir tekisda surtiladi. Shu zaylda barcha quymoqlarning orasiga nachinka surtib chiqiladi.

Ushbu tortning ustki qismini mevalar, murabbo, shokolad bilan bezatish mumkin. Shuningdek, shokoladni sirli idishga solib eritib, uni quymoqli tortning chetki qismlariga quyib chiqishingiz ham tavsiya etiladi.

R.S.: Yuqorida aytib o‘tganimizdek, quymoqli tortni faqat oddiy doira shaklida emas, ari uyasi shaklida ham tayyorlash mumkin. Buning uchun har bir quymoqning ichiga nachinka surtilgach, u bir chetdan o‘rab chiqiladi. Laganga  ustma-ust qo‘yilib, ehromda shakliga keltiriladi. Buning uchun esa ko‘proq quymoq kerak bo‘ladi.

Manba: Qalampir.uz