Ofisda ishlash juda yoqimli. Chiroyli xona, yumshoq kreslo, istalgan payt qahva ichish uchun qulay sharoit. Ammo ofisda ishlashning sog‘ligimiz uchun yetkazadigan zarari ham anchagina ekan. Ular bilan tanishing:
OShQOZON YaRASI
Ertalab shoshilgancha ishga otlandingiz. Biroz ishlagach, hamkasblar bilan qahva ichib biror nima yeb olasiz. Tushlikda esa yangi loyihaga qiziqib ketib, oshxonadan bulochka yeb qo‘ya qolasiz. Tanish manzara shunday emasmi? Unda oshqozoningiz sizni bezovta qilsa, hayron qolmang. Chunki oshqozon bilan bog‘liq surunkali kasalliklar aynan to‘g‘ri ovqatlanmaslikdan yuzaga keladi. Axir har soatda hali konfet, hali shirinlik kabi mayda-chuydalarni yeyavergan oshqozonda yara paydo bo‘lishi uchun qulay muhit tug‘iladi. Yana bunga fast fudga o‘chlikni ham qo‘shsak, unda me’yoriy modda almashinuvi va chiroyli qomat bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keladi. BAVOSIL Biz o‘tirganimizda belga tushadigan og‘irlik ortadi. Oqibatda bavosil kelib chiqishi mumkin. BOSh OG‘RIG‘I VA BOSh AYLANIShI Kun mobaynida o‘rningizdan uch-to‘rt martagina tursangiz, unda kasalliklardan tayyorlangan guldasta siz uchun. Xususan, bosh og‘rig‘i ham kam harakatlilik oqibatida kelib chiqadi. QURUQ KO‘Z SINDROMI Kompyuter, konditsioner va hatto isitish tizimi ham havoni ma’lum miqdorda so‘rib oladi. Bu esa quruq ko‘z sindromiga olib keladi. Natijada ko‘z qizarib, qichishadi, ko‘zda go‘yoki biror narsa tiqilib qolgandek tuyiladi. Bu belgilarning hammasi ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. SeMIRISh Kompyuter qarshisida o‘tirib yeyayotgan narsangizning ta’mini bilmaysiz va tabiiyki, qorningiz to‘ygan yoki to‘ymaganini ham anglolmaysiz. Natijada yarim kilogramm pecheneni ham paqqos tushirib qo‘yishingiz mumkin. ALLeRGIYa Vaqti-vaqti bilan sichqoncha, klaviatura, telefon apparati, xullas, nimani qo‘l bilan ushlashga to‘g‘ri kelsa, hammasini artib turish lozim. Tumov ham yo‘tal ham ofis allergiyasi sababidir. OFIS JIHOZLARI Ofis jihozlari- telefon, kompyuter, printer ko‘rinmas elektromagnit maydoni hosil qiladi. Bu esa doimiy charchoq, xotira susayishi va jizzakilikka olib keladi. Mutaxassislari insonning qaysi kasbda ishlashiga qarab unda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklar xususida tadqiqot o‘tkazdilar. Tadqiqot natijasida ma’lum bo‘ldiki, direktor, xisobchi, tahlilchilarda gipertoniya, oshqozon-ichak, yurak-qon tomir tizimi, osteoxondroz, artritga chalinish xavfi yuqori ekan. Shuningdek, menejerlarda gipertoniya, surunkali charchoq, varikoz kasalliklari ko‘proq kuzatilarkan. Huquqshunos va administratorlar esa yurak qon tomir tizimi xastaliklari, osteoxondroz va artritga ko‘proq moyil bo‘lisharkan.