Ish

Ofisda o‘tirib bajarish mumkin bo‘lgan jismoniy mashqlar

Barchamizda “sport bilan shug‘ullanish uchun vaqt juda kam”, biroq shunday mashqlar borki, ularni bevosita ofisdayoq bajarish mumkin, shunda yuqoridagidek bahonalar o‘tmaydi. Ularni bajarib ko‘ring, shu ondayoq o‘zingizni tetik his qilsangiz, ajab emas!

Oyoq muskullarini cho‘zing

1

Stulga o‘tiring (oyoqlar yerda) va bitta oyog‘ingizni oldinga ko‘taring, ikki soniya tutib turing. Buni har bir oyog‘ingiz uchun 15 martadan takrorlang.

Belni cho‘zing

2

Stulga tik o‘tirib, oyoqlarni birlashtiring. Qo‘llarni tepaga ko‘taring. Chap qo‘lni stolga tushiring va o‘ng qo‘l bilan stul suyanchig‘ini ushlang. O‘ngga buriling va 10 soniya shu holatda turing. Harakatda boshqa yo‘nalishda ham takrorlang.

Yelkalaringiz chigilini yozing

3

Stulda to‘g‘ri o‘tiring, chap qo‘lingizni pastdan orqaga o‘tkazing, o‘ngini esa tepaga ko‘tarib, yelkangiz osha orqaga o‘tkazing. Qo‘llarni bir-biriga chirmashtirib, cho‘ziling.

Biqinlarni cho‘zing

4

Stulda tik o‘tiring. Chap qo‘lni ko‘tarib, o‘ng qo‘l bilan chap tirsakni ushlang. Chap qo‘lni o‘ng tomonga cho‘zing, 10 soniyaga qimirlamay turing. Qo‘llarni almashtirib, harakatni takrorlang.

Yelkalarni aylantiring

5

To‘g‘ri o‘tiring va kuraklarni bir-biriga yaqinlashtirib, aylanma harakatlar qiling. 12—15 marta takrorlang.

Bo‘yin muskullarini harakatga keltiring

6

Boshingizni qo‘llaringiz bilan “changallab oling”. Kaftlarni peshonaga tushirib, boshni orqaga itaring. Bo‘yin mushaklari bilan esa ushbu harakatga bor kuchingiz bilan qarshilik ko‘rsating. Shundan so‘ng kaftlarni boshning orqa tomoniga qo‘ying va mashqni teskari yo‘nalishda takrorlang.

Gavda muskullarini mashq qildiring

7

Kreslongiz aylanadigan bo‘lsa, undan foydalanib, ushbu mashqni bajarishingiz mumkin. Tik o‘tiring va oyoqlarni yerdan ko‘taring, qo‘llaringiz bilan stol chekkasidan ushlab oling. Gavda mushaklarini tortib, kuch bilan bir tomondan ikkinchi tomonga aylaning.

Tovonlarni aylantiring

8

Tovonlaringizni soat millari bo‘yicha va soat millariga qarshi aylantirish orqali to‘piqlarni mashq qildiring. Har bir oyoq uchun har bir yo‘nalishda 3 martadan takrorlang.

Maqolani tayyorlashda “Xitrosti jizni” mashri ma’lumotlaridan foydalanildi.