Oshxona

«Oh, maza» taomi — jigarlaringiz uchun jigardan ovqat

Zarur masalliqlar: 700 gr. jigar, 2 bosh piyoz, 2 dona tuxum, 6 osh qoshiq un, 1 stakan sut, 1 bog‘ shivit, o‘simlik yog‘i, smetana, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Jigarni o‘rtacha kattalikdagi bo‘laklarga bo‘lib, 40 daqiqaga sutga solib iviting.

2. Piyoz va ivitilgan jigarni go‘shtqiymalgichdan o‘tkazing.

3. Shivitni maydalab to‘g‘rang.

4. Jigar qiymasiga tuxum, un, shivit, tuz va murch solib, aralashtiring. Smetana ham qo‘shing.

5. Qizdirligan o‘simlik yog‘iga aralashmadan qoshiq bilan solib, qovurib oling.

Hohishingizga qarab unga ezilgan sarimsoq piyoz va mayonez ham qo‘shishingiz mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

Manba: Darakchi.uz