Zarur masalliqlar: 400 gr. qaynatilgan go‘sht, 200 gr. marinadlangan qo‘ziqorin, 6 dona qaynatilgan kartoshka, 5 dona qaynatilgan tuxum, 1 bosh piyoz, salat bargi, ko‘katlar, tuz, mayonez.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan kartoshka va go‘shtni maydalab to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang.
2. Piyozni maydalang, qaynatilgan tuxumni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Marinadlangan qo‘ziqorin va salat bargini ham bo‘laklarga bo‘ling.
3. Barcha mahsulotlarni aralashtirib, mayonez soling. Tuz va maydalangan ko‘katlar sepib, dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.
4 kishilik.
Manba: Darakchi.uz