Shirin gazli ichimliklarni xush ko‘ruvchilar nafaqat semizlikka, balki og‘ir buyrak xastaliklariga ham duchor bo‘lishlari mumkin. Bu haqda Clinical Journal of the American Society of Nephrology xabar qildi.
Keysi Rebxols o‘zining Baltimorda joylashgan (AQSh) Jon Gopkins universitetidagi hamkabslari bilan uch mingga yaqin afroamerikaliklarning so‘nggi 15 yil ichidagi hayotini kuzatib, shunday xulosaga kelishdi. Shu yillar ichida ularning 6 foizga yaqini surunkali buyrak kasalligi qurboni bo‘lishdi. Bu ekspertlarga kasallikning rivojlanishiga ko‘proq qaysi omillar ta’sir ko‘rsatishini kuzatishga imkon berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, gazli suv va boshqa shirinliklar kasallik rivojlanishining asosiy omillari bo‘lishgan. Shunga o‘xshash mahsulotlar ko‘p iste’mol qilgan eksperiment ishtirokchilari o‘rtacha 61 foizga ko‘proq buyrak faoliyatidagi yetishmovchilik va surunkali buyrak kasalligiga giriftor bo‘lishgan.
Olimlarning ishonchi komilki, olingan natija shirinroq qilingan ichimliklar savdosini qonun bilan cheklash yoki ularga qo‘yilgan soliqlarni oshirish kerakligidan dalolat beradi. Shu kabi choralar tufayli semizlik tarqalishini oldini olish va buyrak xastaligiga chalingan insonlar sonini kamaytirish mumkin.