Bilasizmi?

Olimlar hayot uchun eng xavfsiz davlatni ma’lum qilishdi

Amerikalik olimlar dunyoda hayot uchun eng xavfsiz davlatni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bunday davlat Islandiya bo‘lib chiqdi. Aynan shu mamlakatda eng yuqori o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi qayd qilindi.

“Islandiyani dunyodagi eng xavfsiz joy deb hisoblash mumkin. Bu yerda bugungi kunda jinoyatchilik eng past darajada. Bu davlat saraton kasalliklari qurboniga aylanishdan qo‘rquvchi odamlar uchun maqbul joy bo‘ladi”, deb aytganlar olimlar.

Islandiya o‘zida mahalliy aholining kasalliklarga kam chalinishi, tabiiy ofatlarning deyarli yo‘qligi, toza ekologik vaziyat, past darajadagi jinoyatchilik va boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlarni mujassamlashtira olgan. Bundan tashqari, oxirgi 500 yildan beri ushbu davlat aholisi sayyoramizdagi eng baxtli odamlar deb hisoblab kelinadi.

Bu davlatning yana bir o‘ziga xos jihati bor – bu yerda chivinlar umuman yo‘q. Nimaga deysizmi? Buning aniq javobini hech kim bilmaydi.

Islandiya va Farer orollarida birorta chivinni uchratmaysiz, vaholanki qo‘shni davlatlarda bu “qonxo‘r” hasharotlar o‘zlarini juda “yaxshi his qiladilar”. Chivinlarning bu yerlarda bo‘lmasligiga sabab nima? Ba’zi olimlarning taxminicha, bunga Islandiyaning okeanik iqlimi sababdir.