Shotlandiyalik olimlar kech uxlash odati inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, mutaxassislar 37 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 90 ming kishi o‘rtasida tadqiqot olib borishgan.
Olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, kechqurun uxlamaydigan respondentlarda bipolyar buzilishning paydo bo‘lish ehtimoli, rejim bo‘yicha uxlaydiganlarga qaraganda 11 foizga yuqoriroq bo‘lgan.
Shu bilan birga, ulardan 6 foizi depressiv holatga juda yaqin bo‘lgan va ko‘p paytlarda yolg‘izlikni his etishgan.