Bilasizmi?

Olimlar ozishning yangicha 4 usuli haqida...

1. Garvard universiteti olimlari shirinlik iste’mol qilish oqibatida kelib chiqqan ortiqcha tana vaznga ega ayollar o‘rtasida antiqa tajriba o‘tkazishdi. Ishtirokchilarning har biriga ikki qismga ajratilgan shokolad tarqatildi. Tajriba shartiga ko‘ra shirinlik o‘ramidan asta-sekinlik bilan olinib, yeyildi. Tadqiqot maqsadi shirinlik o‘ramining ishtahaga qay yo‘sinda ta’sir etishini tekshirish edi. Ma’lum bo‘lishicha, shokolad qutisi yoki o‘ramidan ajratib yeyilsa, to‘yinganlik hissi kech paydo bo‘ladi. Aksi qilinganida esa ishtahani nazorat qilish oson kecharkan.

2. Dunyoga mashhur diyetologlardan biri Brayan Vanzink fikricha, kayfiyat bilan ishtaha bir-biriga uzviy bog‘liq. Agar taomlanish oldidan yaxshi narsalarni o‘ylasangiz, ortiqcha yegulikka e’tibor bermaysiz. Aksincha, noxush o‘ylar bilan taomlanishni boshlaganda esa ko‘ngildagi g‘ashlikni tarqatish uchun ham taom bilan o‘zingizni ovutasiz. Bu esa ortiqcha santimetrlarni hadya qiladi.

3. Karnegi — Mellon universitetining bir guruh ruhshunoslari xayolan taomlanish dasturini ishlab chiqishdi. Bunga ko‘ra pirojniy, tort va shu kabi shirinliklarni xayolan iste’mol qilsangiz, ishtahangizni jilovlay olasiz. To‘g‘ri, bu usul salgina qiyinroq. Ammo tajriba qilib ko‘rsa bo‘ladi.

4. Tana vazni bilan muammo bo‘lmasligi uchun Oregon universiteti olimlari vaqti-vaqti bilan o‘zingizni parhezga zid ish ko‘rishni tavsiya etishmoqda. Masalan, bir haftada bir marta muzqaymoq yoki shokoladli tort yeyishingiz mumkin. havotirlanmang, bu usul ishtahani nazorat qilishda yordam bersa beradiki, semirishingizga yo‘l qo‘ymaydi.

Manba: Darakchi.uz