Qizil (lahm) go‘sht iste’moli oshqozonda saraton paydo bo‘lish xavfini vujudga keltirishi mumkin ekan.
Buni Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari o‘z tadqiqotlarida aniqlashdi.
“Bizning tadqiqot nafaqat qizil go‘sht iste’moli oshqozonning aniq qismlariga ta’sir qilishini oydinlashtiradi, balki ko‘plab odamlarning bu boradagi ovqatlanish odatlari haqida ma’lumot yig‘ish muhimligini ko‘rsatadi”, — deya yozadi “RIA Novosti” axborot agentligi universitet tadqiqotchilari fikriga tayanib.
Zero, shifokorlar 17 yil davomida kuzatib borgan 32 ming nafar britaniyalik ayollarning ovqatlanish odatlari o‘rganilganda, ularning 335 nafarida yo‘g‘on ichak saratoni, 119 nafarida to‘g‘ri ichak saratoni borligi aniqlangan.
Parranda, baliq go‘shtini tanovvul qilib keladiganlar yoki vegetariancha parhez tutadiganlarda saraton kasalligi rivojlanish xavfi past ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Manba: Darakchi.uz