Bilasizmi?

Oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi bo‘limlari uchun talabalar test sinovi asosida qabul qilinadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Dilmurod Nabiyev Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lib o‘tgan onlayn-muloqot vaqtida 2018—2019-o‘quv yilidan boshlab Olib ta’lim muassalarining sirtqi bo‘limlari uchun qabullar test orqali amalga oshirilishi ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

«Maxsus sirtqi bo‘lim qabuli biz uchun o‘tgan yili yangilik bo‘ldi. Xalq ta’limi vazirligi, hududiy boshqarma bo‘limlari tavsiyasiga asosan, oldingi o‘qigan baholari yig‘indisi hamda OTM talabidan kelib chiqib yozma ishlar asosida qabul qilindi.

Biz Oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi bo‘limlari uchun qabullarni test sinovlari asosida o‘tkazish ustida ish olib bormoqdamiz. Bunda bizga Davlat test markazi yordam beradi. Imtihonlarga OTM aralashmaydi. Sirtqi bo‘limga o‘qishga kirish niyatida yurgan abituriyentlardan shu narsaga tayyor turishlarini iltimos qilaman», — deydi vazir o‘rinbosari.