Bilasizmi?

Oliy ta’lim muassasasidan talaba qanday hollarda chetlashtirilishi mumkin?

Oliy ta’lim muassasasidan talabalar qanday hollarda chetlashtilishi mumkinligi haqida Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lumot berdi.

Bu quyidagi hollarda amalga oshadi:

  • o‘z xohishiga binoan;
  • o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
  • salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
  • o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
  • bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
  • o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
  • talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
  • vafot etganligi sababli.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.