O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.
O‘rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi, deb xabar bermoqda O‘MI matbuot xizmati.
Mazkur bilim yurtlariga “O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma (attestat) yoki akademik litsey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.