Oshxona

Olmali pirog

Zarur masalliqlar:

Xamiri uchun:

  • 2 stakan un
  • 2 osh qoshiq shakar
  • 120 ml o‘simlik yog‘i
  • 6 osh qoshiq sovuq suv
  • bir chimdim tuz

Qiymasi uchun:

  • 2—3 dona olma
  • 100 g shakar
  • 2—3 osh qoshiq un

Tayyorlanishi:

Idishga un, shakar, tuz solib, o‘simlik yog‘i va sovuq suv quyamiz.

20151003_133505

Barchasini aralashtirib, xamir qoramiz. Uni biri kattaroq, biri kichikroq ikki bo‘lakka bo‘lamiz va sovitgichga taxminan 1 soatga qoldiramiz.

20151003_134048

Forma tubiga xamirning kattaroq bo‘lagini qo‘yib, bir tekis qilib yoyib chiqamiz, chetlarini biroz tepaga chiqaramiz.

20151003_135915

Endi qiymasini tayyorlaymiz. Buning uchun olmalarni yuvib, artib, po‘stidan tozalab, maydaroq qilib to‘g‘raymiz. Unga un va shakarni qo‘shib, aralashtiramiz.

20151003_134840

20151003_135233

20151003_140116

Aralashmani formaga solamiz, ustini xamirning kichik bo‘lagi bilan yopamiz.

20151003_140331

20151003_140801

Xamirlarning chetlarini birlashtirib chiqamiz, o‘rtasidan bug‘ chiqib ketishi uchun teshikcha ochamiz.

Pirog ustiga o‘simlik yog‘ini surib, shakar sepamiz.

20151003_140953

Pirogni 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 50—60 daqiqa davomida pishiramiz.

20151003_144857

Olmali pirog tayyor. Yoqimli ishtaha!

20151003_145556