Go‘dak rivojlanishining ilk bosqichidan uning o‘z onasi bilan bo‘lgan uzviy bog‘liqligini shakllantirish va mustahkamlashning nihoyatda zarurligini rad etish mushkuldir. Bu emotsional bog‘liqlikni mustahkamlash uslublaridan biri massajdir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mehr bilan qo‘l tekkazish (silash) nafaqat go‘dakka rivojlanish imkoniyatini beribgina qolmay, balki ona va go‘dakni yaqinlashtirar ekan. Mehr bilan silashlar go‘dakning kelajakda o‘ziga, atrofidagi insonlarga va atrof olamga qanday munosabatda bo‘lishiga ta’sir etadi. Biz sizga go‘dagingiz bilan sizning o‘rtangizdagi bog‘liqlikning mustahkamlanayotganligining ba’zi bir belgilari haqida aytib o‘tmoqdamiz.
Yeng avvalo go‘dakning sizga talpinishiga e’tiboringizni qaratish lozim. Uning harakatlari ko‘p narsalarni anglatishi mumkin, masalan “Meni tezroq bag‘ringa bos”, “Qo‘linga ol”, “Seni ko‘rganimdan juda xursandman” va shu harakatlar sizlarning bir biringizga uzviy bog‘liqligingizni ko‘rsatadi. Farzandingiz o‘sib rivojlanish jarayonida uning harakatlariga bo‘lgan e’tiboringiz uning rivojlanishiga va ongli ravishda sizga intilishiga, talpinishiga yordam beradi, shularning barchasi go‘dakning harakatlari ongli ravishda amalga oshayotganini bildiradi. Demak go‘dak rivojlanishining yangi bosqichi boshlanadi.
Jilmayish – bu mehrning aniq isboti emasmi? Sizning qo‘l tekkizishingiz go‘dagingizda quvonch uyg‘otayaptimi, demak vaqt o‘tgan sari tez-tez jilmaya boshlaydi. Bu ilk jilmayishlari keyinchalik ham sizga va sizning unga jilmayib boqishingizga go‘dakning kelajakdagi ongli reaksiyasi bo‘lib qoladi. Bu esa go‘dagingiz o‘zini havf-xatardan xolis sezayotganligini va bu ulkan olamni zabt etishga tayyorligini bildiradi.
Ko‘rganingizdek, go‘dagingiz bilan uzviy bog‘liqlikni turli usullar bilan mustahkamlab borar ekansiz – bu bilan o‘zingiz va go‘dagingiz rivojlanishiga guvoh bo‘lasiz. Kundan-kunga ikkalangiz ham tobora yaqinlashib borasiz. Mana shu barcha xursandchiliklar, silab siypashlar, qarashlar, uni bag‘ringizga bosishingiz haqiqatdan ham go‘dak ikkalangiz orangizdagi aloqani mustahkamlaydi, ya’ni go‘dagingizga har tomonlama, mukammal gormonik rivojlanishiga yordam beradi. O‘zingizning onalik tuyg‘uingizga ishoning, unga quloq tuting, chunki go‘dagingiz bilan bo‘lgan munosabatingiz sizga va unga foyda keltiradi… bugun… ertaga… va doimo.
Manba: Beka.Uz