Klassik oq bluzka har qanday ust-bosh uchun asos bo‘la oladi. Har kuni ofisga qatnab ishlasangiz ham, erkin ishchi bo‘lsangiz ham oq bluzka universal kiyim sifatida har qanday uslubdagi qiyofaga mos tushadi.
Bluzkani qanday kiyish bo‘yicha qat’iy qoidalar yo‘q, biroq uning qanday ko‘rinishga ega ekanligi (bel qismi ingichkalashgan yoki keng turadigan bo‘lishi) hamda siz tanlagan aksessuarlar bunda muhim rol o‘ynaydi.
Stilistlar uzun modeldagi oq bluzkalarni tanlashni tavsiya etadi, ularni siz tor shimlar bilan ham, keng klyosh shimlar bilan ham, shuningdek yubkalar bilan ham bemalol kiyishingiz mumkin bo‘ladi.
Quyida siz oq bluzkani ishga, ko‘chaga yoki tantanali kechaga borishda qanday kiyish mumkinligini yulduzlar misolida ko‘rishingiz mumkin.
[caption id="attachment_1757" align="aligncenter" width="334"] Ember Xyord[/caption]
[caption id="attachment_1758" align="aligncenter" width="332"] Viktoriya Bekxem[/caption]
[caption id="attachment_1759" align="aligncenter" width="311"] Emma Stoun[/caption]
[caption id="attachment_1761" align="aligncenter" width="321"] Jessika Alba[/caption]
[caption id="attachment_1762" align="aligncenter" width="309"] Jemma Arterton[/caption]
[caption id="attachment_1763" align="aligncenter" width="312"] Erin Xizerton[/caption]
[caption id="attachment_1764" align="aligncenter" width="302"] Julianna Xaf[/caption]
[caption id="attachment_1765" align="aligncenter" width="311"] Karli Kloss[/caption]