Har bir kishi qaysi mahsulot organizmga qanday ta’sir qilishini bilishi zarur. Masalan, qaysidir ozuqa quvvat bersa, boshqasi miya ishlashiga yordam beradi, ba’zi mahsulotlar esa semirishga qarshi kurashadi. Buni do‘konda minglab turli mahsulotlar orasidan o‘zingizga zarurini tanlashda bilish kerak bo‘ladi. Yaxshisi, sovitgichingizda har bir kategoriyaga tegishli mahsulotlari bo‘lgani ma’qul.
Aqliy mehnat uchun zarur mahsulotlar
Temir moddasi miyaga qon quyilishini tartibga soladi. U turshak, yormalar, sardina balig‘i, bodom kabi mahsulotlarda bo‘ladi.
Suv miya ishini 10 foizga yaxshilaydi. Kuniga kamida 8 stakan gazlanmagan mineral suv ichish zarur.
B guruhidagi vitaminlar asab tizimi sog‘lom bo‘lishi uchun zarur. Ular ko‘katlar, jigar, kartoshka va bananda uchraydi.
S vitamini immunitetni kuchaytiradi, uni rezavor mevalar, yashil qalampir, brokkoli va qovun orqali olish mumkin.
Quvvat bo‘ladigan ozuqalar
Beta-karotin viruslarga qarshi kurashuvchanlikni oshiradi. U rukkola, qizil qalampir, mango va sabzida bo‘ladi.
Polito‘yinmagan yog‘ kislotalari har bir hujayra uchun quvvatdir. Ular yog‘li baliq, quyon go‘shti, zig‘ir yog‘i, kungaboqar yog‘ida uchraydi.
Temir moddasi tanadagi issiqlik almashinuvini tartibga soladi. Uni keshyu, yasmiq doni (chechevitsa), anjir va yog‘siz go‘sht orqali olish mumkin.
Stressni kamaytiradigan mahsulotlar
Kaliy asab va qon tizimi ishini yaxshilaydi. U ismaloq, avokado, kartoshka va banan tarkibida bo‘ladi.
Magniy stress holatida faol ravishda sarflanadi. Uning o‘rnini to‘ldirish uchun qora non, kedr yong‘og‘i, tofu tanovvul qilish kerak.
Shuningdek, bunday holatda S hamda B guruhidagi vitaminlar ham tavsiya etiladi.
Semizlikka qarshi kurashda yordam beradigan oziq-ovqatlar
Suvga boy mahsulotlar kam kaloriyaga ega bo‘ladi. Bular tarvuz, bodring, pomidor, shirin qalampir va boshqalar.
Yog‘siz sut mahsulotlari, chunonchi, yogurt, tvorog, qaymoqli pishloq, yog‘i olingan sut organizmdagi yog‘ qatlamlarini yo‘qotadi.
Oqsil tez to‘ydiradi. U baliq, yog‘siz go‘sht, parranda go‘shti va tofuda bo‘ladi.
Kletchatka och qoldirmaydi va qondagi qand miqdorini nazorat qiladi. Uni salat bargi, kepak solingan non, olma, jigarrang guruch tarkibida iste’mol qilish mumkin.
Maqolani tayyorlashda “Xitrosti jizni” nashri ma’lumotlaridan foydalanildi.