Oshxona

Oshqovoqli maffin tayyorlaymiz

Yumshoq, mazali va og‘izda erib ketuvchi oshqovoqli maffinlar — kuz kunlari uchun ayni muddao. Ularni tayyorlash juda oson, natijasi esa uydagilaringizni quvontiradi.

Oshqovoqli maffinlar tayyorlash retsepti

Masalliqlar:

  • 1¾ stakan un;
  • 2 choy qoshiq yumshatgich;
  • 1 choy qoshiq dolchin;
  • ½ choy qoshiq ezilgan zanjabil;
  • ¼ choy qoshiq muskat yong‘og‘i;
  • ¼ choy qoshiq ezilgan qalampirmunchoq;
  • ½ choy qoshiq tuz;
  • 6 osh qoshiq sariyog‘;
  • 1⅓ stakan och-jigarrang shakar;
  • 2 dona tuxum;
  • 1⅓ stakan oshqovoq pyuresi;
  • 1 choy qoshiq vanil ekstrakti.

Masalliqlar 12 dona maffin tayyorlashga mo‘ljallangan.

Tayyorlash

Chuqur idishda un, yumshatgich, dolchin, zanjabil, muskat yong‘og‘i, qalampirmunchoq va tuzlarni aralashtiring. Boshqa idishda mikser yordamida oshqovoq, yog‘ va shakarni yaxshilab aralashtiring.

Keyin oshqovoqli pyurega birinchi idishdagi quruq masalliqlarni soling va mikser yordamida aralashtiring. Formalarga yog‘ suring, aralashmani formalarning to‘rtdan uch qismigacha to‘ldiring.

Maffinlarni 180 °C gacha qizdirilgan duxovkada 18–20 daqiqa davomida, xamir to‘liq ko‘tarilmaguncha pishiring.

Taomni sovigandan keyin dasturxonga torting.

Pishgan maffinlarni germetik konteynerlarda, xona haroratida 4-5 kun davomida saqlash mumkin. Shuningdek, ularni muzlatish ham mumkin. Unda saqlash muddati uch oygacha uzayadi. Muzlatilgan maffinlarni mikroto‘lqinli pechda yoki duxovkada isiting.

Manba: Daryo.uz