Sir emaski, butun dunyo xalqlari ayol kishini, avvalo, xotin – uyning bekasi, sarishtasi sifatida ko‘radi. Avval iqtisod, deganlaridek, mazali taomlar ila oila a’zolarini siylash; uy-joy, xo‘jalik anjomlarini asrash, ularni toza-ozoda tutish – xonadon bekasi bo‘lmish ayolning avvali burchidir. Navbatdagi tavsiyalarimiz ham bu burchni bekam-u ko‘st bajarishingizga oz bo‘lsa-da ko‘mak beradi, degan umiddamiz:
[dropcap type="circle"]1[/dropcap]Dog‘langan yog‘ sachrab ketmasligi uchun qozonga ozroq tuz solish lozim;
[dropcap type="circle"]2[/dropcap]Sirli idishlarni qaynoq suvga ko‘p solib bo‘lmaydi. Shuningdek, qizib turgan sirli idishga sovuq suv yoki yog‘ quyib ham bo‘lmaydi. Siri o‘chib ketadi;
[dropcap type="circle"]3[/dropcap]Alyuminiydan yasalgan idish-tovoqlarni simqirg‘ich bilan ishqab yuvmang, chunki simqirg‘ich idishni tirnab, tez kirlanadigan qilib qo‘yadi;
[dropcap type="circle"]4[/dropcap]Biror idishga yog‘och qipig‘i solib idish-tovoq javoniga qo‘yilsa, oziq-ovqat mahsulotlari aynimaydi va javonning ichini hid bosmaydi;
[dropcap type="circle"]5[/dropcap]Go‘shtga tuz sepib qovurilsa, seli yaxshi chiqadi;
[dropcap type="circle"]6[/dropcap]Go‘shtni sovuq suvga solib, asta-sekin qaynatib pishirilsa, sho‘rvasi shirin bo‘ladi;
[dropcap type="circle"]7[/dropcap]Agar go‘shtdagi moddalar ko‘proq saqlanib qolsin desangiz, uni shaqirlab qaynab turgan suvga solib yoki qovurib pishiring;
[dropcap type="circle"]8[/dropcap]Tozalanadigan baliqni issiq suvga botirib olinsa, tangachalari oson ko‘chadi;
[dropcap type="circle"]9[/dropcap]Bodring, rediska va yangi sabzini archimay iste’mol qilinsa, tezroq hazm bo‘ladi;
[dropcap type="circle"]10[/dropcap]So‘lib qolgan ko‘k piyoz, ukrop, kashnich va boshqalarni sirkali suvga botirib qo‘yilsa, “tirilib” ketadi;
[dropcap type="circle"]11[/dropcap]Taom kuysa, qozonni olovdan olib sovuq suvga soling. Qozonning ostiga yopishgan kuyindi – qirmochni qoldirib, ovqatni boshqa idishga olib, pishirishni davom ettirish mumkin;
[dropcap type="circle"]12[/dropcap]Haddan tashqari seryog‘ bo‘lib ketgan palovga guruch solishdan oldin bir nechta kartoshkani archib solinsa, yog‘ni tortib oladi;
[dropcap type="circle"]13[/dropcap]Quyuq ovqatlar (palov, shavla, qovurma…) juda sho‘r bo‘lib ketsa, pishish oldidan dog‘langan yog‘ qo‘shib, tuzini rostlash mumkin;
[dropcap type="circle"]14[/dropcap]Sabzavotlarni bug‘da dimlab pishirilsa, ulardagi vitaminlar, kerakli moddalar yaxshi saqlanib qoladi;
[dropcap type="circle"]15[/dropcap]Tuzdonga bir necha dona guruch tashlab qo‘yilsa, tuz doim quruq saqlanadi.