Kishiga sovg‘a tanlashda nafaqat uning nimalarni afzal ko‘rishi, balki zamonaviy tendensiyalarga ham tayanish kerak. Maqolada keltirilgan yangiliklar albatta o‘ziga e’tiborni jalb etishiga va bunday sovg‘alarni olgan opa-singillarimizni ko‘p yillar davomida xursand qilishiga ishonamiz.
1. Go‘sht kesish uchun juda qulay anjom. Pichoqning ehtiyotkorlik bilan kesishi hisobiga go‘sht bo‘laklari yupqa bo‘lib chiqadi, jarayonning o‘zi esa nisbatan kam vaqt oladi.
2. Barmoqlar uchun mo‘ljallangan kichik, biroq funksional nasadka yosh bekalarni azaliy muammo — barmoqlarni og‘riqli kesib olishlardan himoya qiladi.
3. G‘aroyib shakldagi pechenelar tayyorlash uchun press. Buning uchun pechene xamirini press ichiga joylashingiz kifoya!
4. Bu kashfiyot yordamida birgina teginish bilan salat tayyorlashingiz mumkin — sehrgarlikning o‘zginasi!
5. Pyureni endi atigi ikki harakat bilan tayyorlash mumkin — shunchaki qaynatilgan kartoshkani ushbu moslamaga joylab, uni bosasiz. So‘ng mazali garnirdan bahramand bo‘lishingiz mumkin!
Manba: Daryo.uz