Oshxona

Ozarbayjoncha chuchvara

Kelinchaklar yon daftariga...

Zarur masalliqlar (6 kishilik): xamiriga: 2,5 stakan un, yarim stakan kefir, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiq sariyog‘, tuz; qiymasiga: 700 gr. go‘sht, 1 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, 1 osh qoshiq quritilgan rayhon, maydalangan qora murch, tuz; sho‘rvasiga: 1,5 l. tovuq sho‘rvasi (kubiklardan foydalansangiz ham bo‘ladi), 1 bosh piyoz, 4 dona qora murch, petrushka, shivit, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanishi: 1. Go‘sht, piyoz, sarimsoq piyozni to‘g‘rab, go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing. Keyin hamma masalliqlarni qo‘shib, tuxum, tuz, murch va quritilgan rayhon soling-da, yaxshilab aralashtiring. 20 daqiqa muzlatkichda qo‘yasiz.

2. Kefir va tuxumni aralashtirib, ko‘pirtiring. Un, tuz solib, xamir qoring. Sochiqqa o‘rab, 25 daqiqa tindiring.

3. Xamirni 2 mm. qalinlikda yoyib, 2X2,5 sm. kattalikda to‘rtburchak qilib kesing. Har biriga yarim choy qoshiqdan qiyma solib, chuchvara shaklida tuging. Chuchvaralarni qizdirilgan sariyog‘da 4 daqiqadan qovurib oling.

4. Tovuqli sho‘rvani qaynating. Piyozni to‘g‘rab, sho‘rvaga soling. Biroz qaynatgach, qora murch donalarini ham qo‘shing. Chuchvaralarni solib, 4 daqiqa qaynating. Keyin olovni pasaytirib, 10 daqiqa qaynatishda davom eting. Maydalangan ko‘katlar va ziravorlar solishni ham unutmang.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi