Bilasizmi?

O‘zbekiston haqidagi film Fransiya telekanalida rekord qayd etdi

Yoz oylarining so‘nggi kunlari Fransiyaning yetakchi Elephant Doc. telekompaniyasi tomonidan suratga olingan Samarqand va Buxoro haqidagi hujjatli film telekanalda tomoshalar soni bo‘yicha rekord qayd etdi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

«Sayohatga taklif» ko‘rsatuvi doirasida namoyish etilgan «Samarqand — Amin Maalufning o‘zbek marvaridi» filmining birinchi qismi Buyuk ipak yo‘li san’ati va tarixi hamda Temuriylar me’rosi haqida hikoya qiladi.

Film ssenariysiga ko‘ra, jurnalist va kinooperator G.Janen Samarqand bo‘ylab sayohat asnosida tarixchi, arxeolog va shahar ahli bilan suhbat qurib, shahar haqida hikoya qiladi.

Syujetga bo‘lgan yuqori qiziqish sababli (bir tomoshada 500 mingdan ortiq) film ARTE’ning onlayn platformasida 2019 yilning 12 yanvariga qadar namoyish etiladi.

Tez fursatlarda film O‘zbekiston telekanallarida efirga uzatilishi uchun o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinadi.

Hozirda filmni faqat fransuz tilida ko‘rish mumkin.