Bilasizmi?

O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘zgarishlar bormi?

Yangi oliygohlar va xorij universitetlarning filiallari, oliy ta’limga ko‘proq erkinlik berish va’dalari, shuningdek maktab va ilmiy tadqiqot institutlaridagi o‘zgarishlar – bular barcha yakunlanayotgan yilda amalga oshirildi.

Sputnik nashri O‘zbekiston respublika ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni o‘rganib chiqdi.

Yangi universitetlar

O‘tayotgan yilda O‘zbekistonda qator yangi oliygohlar ochildi. Ehtimol, eng diqqatga sazovor bo‘lgani - maxsus jurnalistika universiteti ochilishidir. Oliygohning rahbariyati ma’lum qilishicha, talabalarga ta’lim berishda Hindiston, Turkiya, Rossiya va Janubiy Koreyadan hamkasblar yordam beradi.

Xorij oliygohlarining filiallari ochilishiga ham boy yil bo‘ldi: bir yil ichida O‘zbekistonda MISiS va Janubiy Koreyaning Puchon oliygohi filiallari ochildi.

Keyingi yillarda mamlakatda Butunrossiya kinematografiya davlat instituti (VGIK), Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO), Rossiya jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm davlat universitetining filiallari ochiladi.

MGIMO filiali yaqin vaqtlarda ochilishi mumkin. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov so‘zlariga ko‘ra, barcha dastlabki ishlar amalga oshirildi, faqat universitet nizomiga o‘zgartirish kiritish qoldi.  

O‘zbekistonda g‘arbiy Yevropa universiteti filiallari ochilishi bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. Fransiya va Buyuk Britaniya universitetlarining filiallari ochilishi haqida bir necha marta xabar qilindi.

Oliy ta’limning yuz yilligi

Shu yilda Markaziy Osiyoda qadimiy oliygohi – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet yuz yillik yubileyini nishonladi.

Bir necha nom o‘zgartirishlardan keyin, bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi milliy universitet mintaqada eng kuchli oliygohlardan biri hisoblanadi.

Muvaffaqiyat uchun buyurtma

Mamlakatning innovatsion rivojlanish Strategiyasida bu yil ta’lim tizimini isloh qilish to‘g‘risida bayonot to‘satdan e’lon qilindi.

O‘zbekiston dunyoning top-50 mamlakatlar ro‘yxatiga kirishiga doir chora-tadbirlarni ko‘zda tutadigan qonun ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha katta bo‘limni o‘z ichiga olgandi.

Mualliflarning fikriga ko‘ra, mamlakatda vaziyatni yaxshilash uchun inson kapitali rivojiga sarmoya kiritish kerak.

Buning uchun nogiron bolalar uchun maktablar ochish, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish va maktablarni pedagog-defektolog va psixologlar bilan ta’minlash nazarda tutadi.   

Oliygohlarga ham ko‘proq erkinlik berish rejalashtirilgan – ilmiy-pedagogik erkinlikdan ma’muriy va moliyaviy mustaqillikkacha.

Shu bilan birga, qonunda oliygohlar uchun moliyalashtirishni ko‘paytirish va xorij universitetlarning yangi filiallarni ochish haqida alohida aytilgan.

O‘tgan yil ushbu yo‘nalishda muntazam ravishda aniq qadamlar qo‘yilayotganini ko‘rsatdi.