O‘ziga ishonchi bor ayollarga ko‘pchilik havas bilan qaraydi. Ular doim boshqalardan ajralib turadi. Bunday ayollarning tik qomati, ishonchli harakatlari ularga yanada joziba va xushbichimlik bag‘ishlaydi. Jamiyatda ko‘pchilik bunday ayollar bilan hamsuhbat bo‘lishga intiladi va ularga o‘xshashga harakat qiladi.
O‘ziga ishonadigan ayollarda quyidagi uchta xislat mujassamlashgan bo‘ladi:
- Mukammal parvarish qilingan tashqi ko‘rinish.
- O‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalay olish.
- Muloqot jarayonidagi o‘ziga xoslik.
O‘z tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan ishonch
Ayolda o‘ziga bo‘lgan ishonchini shakllantirishda eng muhim jihat bu mukammal tashqi ko‘rinishdir. O‘zingizga beradigan bahoni oshirish imkonini quyidagilar berishi mumkin:
- Sartaroshxonaga tashrif buyurish;
- Garderobingizni yangilash;
- Spa-salon, massaj va yuz uchun turli niqoblarni sinab ko‘rish;
- Qomatingizga e’tibor berish.
Muomala asoslari
O‘ziga ishonadigan ayollar odamlar bilan muomala qilishda o‘z xatti-harakatlari, so‘zlarni ifodalashi va gap qurilishini nazorat qiladi. So‘zlashuv chog‘ida quyidagilar muhim sanaladi:
- to‘g‘ri nigoh;
- yuz ifodasi;
- gavdani tik tutish;
- xatti-harakatlar.
Xatti-harakatlar va yuz ifodasi
Yuz ifodasi yordamida do‘stona munosabatni osongina ifodalash mumkin, buning uchun jilmayib qo‘yishning o‘zi kifoya. Ko‘zgu yordamida o‘z hissiyotlaringizning keraklisini yuzaga chiqarish, ortiqchasini esa yashirishni mashq qilib ko‘rish mumkin. O‘z xatti-harakatlaringizni ham albatta nazorat qilib boring.
Fikrni to‘g‘ri ifodalash
O‘ziga ishonadigan ayol bo‘lish uchun nafaqat fikrni to‘g‘ri ifodalash, balki o‘z fikrini himoya qila bilish ham muhim hisoblanadi. Bu esa unchalik oson emas, biroq kerakli so‘zlarni topish va gapingizni to‘g‘ri tuzishga harakat qiling.
Bir qator qoidalar mavjud:
- Gapingizni 1-shaxs nomidan boshlang.
- Sherigingizga biror fikrga kelishga yordam bering.
- Fikringizni aniq ifodalang.
- Zarur bo‘lganda, gapingizni qaytaring.
- Esankirab qolmang.
Eng asosiysi o‘z nuqtai nazaringizga ega bo‘lish va taslim bo‘lmaslik!