Yulduzlar treneri Xarli Pasternak o‘zining vasiyligi ostidagilarga banandan uzoqroq turishni, agar maxsus parhezga rioya qilish kerak bo‘lsa, unda bananlarning borligi haqida butunlay unutishni tavsiya qiladi.
Lekin nima uchun? O‘rtacha kattalikdagi bitta banan tarkibida 27 g uglevod va 14 g fruktoza mavjud. Uning kaloriyasi 105 kkaloriyaga yaqin.
Agar siz bananlarni juda yaxshi ko‘rsangiz, undan butunlay voz kechishga majbur emassiz: ular sizning ozish uchun qilgan zo‘r berishlaringizga zarar yetkazmaydi, deb tinchlantiradi shifokor Alissa Ramzi: «Hech qanday oziq-ovqat vazn yig‘ishga ham, ozishga ham o‘z-o‘zidan olib kelmaydi».
Garchi bananlarda haqiqatan ham shakar bo‘lsa-da, bu shakar tabiiydir. Bir vaqtning o‘zida bananlar tarkibida ko‘p miqdorda kaliy va kletchatkalar, C va B6 vitaminlari, shuningdek yallig‘lanishga qarshi antioksidantlar mavjud.
Aytmoqchi, kletchatka ozishga yordam beradi. Banandagi kletchatkalar fruktoza ta’sirida qondagi shakar miqdorining keskin ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun yarim soat o‘tgandan keyin sizga u ham, ochlik hissi ham xavf tug‘dirmaydi.
Bananlarni biroz yog‘ va oqsillar, masalan bodom yoki araxis yog‘i bilan birga iste’mol qilish yo‘li bilan ularning foydasini oshirish mumkin. Bu mashqlardan oldin kuch qo‘shishga va keyin tiklashni tezlashtirishga yordam beruvchi ajoyib tamaddi hisoblanadi!
Xulosa: Bananlarni bemalol yeyishingiz mumkin, chunki ular sizga dushman emas. Ozishni bu mevadan voz kechish asosida emas, balki umumiy sog‘lom ovqatlanish va yetarlicha jismoniy mashqlar asosida tashkil qilish kerak. Bunda siz yaxshiroq natijalarga erishasiz!
Manba: Daryo.uz