Madaniyat

Pedikyur deysizmi? Bu juda ham oddiy!

Bosonojka va boshqa turdagi uchi ochiq poyabzallar mavsumi yoz kelmasidanoq boshlanib ulgurdi. Xo‘shoyoq kaftiyu tirnoqlar issiq mavsumga tayyormiO‘ylanib qoldingizmiHyechqisi yo‘qbugun sizga uy sharoitida pedikyur qilish usullarini o‘rgatamiz.

1-qadam: «Yumshatish»

Tog‘orani teri kuymaydigan darajadagi issiq suv bilan to‘ldiring. Suvga 3 choy qoshiq iste’mol sodasi, dengiz tuzi va bir necha tomchi efir moyidan soling. Jarayon sizga zavq bag‘ishlashi uchun suvga maxsus ko‘pik yoki ozgina suyuq sovun soling.Ko‘changizdagi yoki hovlingizda barq etib ochilgan bir dona atirgulni uzib olib, gul barglarini ham suvga solsangiz bormi, go‘zallik salonidagi muolaja ham bir chetda qolib ketadi. O‘rindiqqa yaxshilab joylashib olishdan avval oldingizga qaynoq suv solingan idishni qo‘ying, suv sovib borayotganini sezishingiz bilan qaynoq suvdan tog‘orachaga quyib turasiz. 20-30 daqiqa oyoq terisi va tirnoqlari yumshashi uchun kifoya. Homilador ayollarda kuzatiluvchi tomirlarning varikoz kengayishida oyoqlarni issiq suvga solib ivitish man etiladi. Ular uchun maxsus yumshatuvchi paypoqlar tavsiya etiladi.

2-qadamPiling

Eng avvalo, yumshab turgan tirnoqlarni ehtiyorkorlik bilan kaltalang. Ana endi qayroqtosh yordamida tovon va oyoq kaftidagi dag‘al teridan xalos bo‘ling. So‘ng bambuk tayoqchasi yordamida shunchaki tirnoqdan ozgina ko‘tarib qo‘ying (tirnoq chetidagi etlarni qirqish aslo yaramaydi).

3-qadam “Silliqlash

Oyoq kafti va barmoqlarga oyoq uchun maxsus oziqlantiruvchi kremdan surtib, har bir oyoqni 5 daqiqadan uqalab, paypoq kiyib oling-da, 20 daqiqa asablarni tinchlantiruvchi musiqa eshitib o‘tiring. Nega deysizmi? Xayajon va asabda qo‘llaringiz qaltirab, lak surtayotganda uni tirnoq chetlariga chiqarib yubormaslik uchun-da.

4-qadam “Tirnoqlarni bo‘yash

Eng kutilgan va qiziq bosqichga ham yetib keldik. Har kunlik obrazingiz va didingizdan kelib chiqib, mavsumdagi urf ranglarni ham hisobga olgan holda lak tanlab, uni surting. Bir qavatini surtib bo‘lgandan so‘ng oxirigacha yaxshilab qurishini kuting, ana undan so‘nggina ikkinchi qavatini surting. Pedikyur uchun ishlatilgan barcha asboblarni yuvib, tozalab dizinfeksiyalab pedikyur jarayonini yakunlang. Har kech yuvilgan oyoqlarga krem surtib uxlashni odat qilsangiz bormi, tovoningizda yoriqlar paydo bo‘lishining oldini olgan bo‘lasiz, qolaversa oyoqlaringiz doimo parvarishlangan ko‘rinishga ega bo‘ladi.

2018 yilgi urfdagi pedikyur qilish usullari bilan tanishing

Monoxrom usulda ya’ni bir hil rangdan foydalanib, qo‘l va oyoq tirnoqlarini bir tekisda bir rangga bo‘yash usuli bu yil ayni urfda ekan. Buning uchun yorqin ranglarni tanlash tavsiya etiladi, aks holda shundoq ham bir hil rangga bo‘yalgan tirnoqlar zerikarli ko‘rinib qolishi hech gap emas. Agar sizga bu usul unchalik ham hush kelmasa, bir-biriga yaqin ranglar bilan uyg‘unlashgan bo‘yash usulidan foydalaning. Fransuz uslubida tirnoqlarni bo‘yash har doim urfda bo‘lgan va barcha ayollarga birdek yoqadi. Bu uslubga tirnoq uchini bo‘yash uchun faqat oq rangdan emas turli yorqin ranglardan foydalansangiz bo‘ladi. Bosh barmoqqa esa toshlar va gullar bilan urg‘u bering. Shuningdek, dengiz mavzusini tirnoqlarda aks ettirish ham 2018 yilda urfda. Ko‘k rangning barcha tuslarini uyg‘unlashtirib, tirnoqni bo‘yangda, langar va yo‘l-yo‘l ko‘rinishidagi naqshlarni chizing yoki maxsus yopishtirgich sotib olib yopishtiring-da, ustidan rangsiz lak suring. Qarabsizki, dengiz mavzusiga oid pedikyur tayyor.

Oyoq kaftlari uchun niqoblar

Qulupnayli

Ezilib ketgan qulupnaylarni tashlab yuborishga shoshilmang, ularni yezib bo‘tqa holatiga keltiring-da, oyoq ostiga surtib, polietilen xaltani 15-20 daqiqaga o‘rab qo‘ying. Eng zo‘r skrab ham bunchalik foyda keltirmaydi.

Kartoshkali

Bitta kartoshkani po‘stidan tozalab, mayda qirg‘ichdan chiqarib oling va bir osh qoshiq asalsolib, aralashtiring. Tayyor niqobni oyoqlarga surtib 15-20 daqiqaga qoldiring. So‘ng yuvib tashlab oziqlantiruvchi kremdan surting.

Anora G‘ULOMOVA

Manba: Darakchi.uz