Bilasizmi?

Pulni sarflashdagi 7 xato

Insonlarning deyarli ko‘pchiligi 30 yoshga yetganida o‘z shaxsiy mablag‘lari bilan bog‘liq haqiqatlarni tushuna boshlashar ekan. Ya’ni mullajiringning qadriga yeta boshlashadi. Buni ushbu yoshdagilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov aniqlab berdi. So‘rovlarda, shuningdek,  oiladagi iqtisodiy kamchiliklarga nimalar turtki bo‘lishining 7 ta asosiy sababi ham ma’lum bo‘ldi. Quyida ular bilan batafsil tanishtirib o‘tamiz.

Odamlar 30 yoshgacha o‘z kasbiy faoliyat va oilaviy rejalarini amalga oshira boshlashadi. Kimdir bu kimdir uy-joy harakatiga tushsa, boshqa birov avtomobil sotib oladi, yana kimdir o‘z biznesini yo‘lga qo‘yadi. Farzandlari, oilasi uchun nimalardir qilishni istaydi? Eng muhimi bularning barchasi iqtisodiy imkoniyatlarga borib taqaladi. Albatta, to‘g‘ri va noto‘g‘ri ishlarni qilish, insonga xos odat. Umirimiz davomida qilgan xatolarimizning barchasi bizni o‘nglanishga, yana o‘rnimizdan turib, olg‘a harakat qilishga va takror yana o‘sha xatolarni qilmaslikka o‘rgatadi. Bermoqchi bo‘lgan tavsiyalarimizni o‘qiganlar balki hali o‘ttiz yoshga kirmagandir, shunday ekan bu maslahatlar, ayni vaqtida.

Farzandlar uchun juda ko‘p kiyim–kechak olmang!

Menimcha bu xatoni juda ko‘p ota-onalar qiladi. To‘g‘ri, ular bolalarini chiroyli ko‘rinishini istashadi, ammo o‘z yoshiga mos kichik ko‘ylaklar, oyoq-kiyimlar va ko‘pga bormaydigan o‘yinchoq mashinalar, bunga qancha pul ketishini bir tasavvur qilib ko‘ring. Yaxshisi eng zarurlarini xarid qiling, qolgan mablag‘larni ular ulg‘ayganda sarflaganingiz ma’qul.

Iqtisodiy jihatdan tayyor bo‘lmay turib oila qurmang!

Albatta, pul – muhabbat degan samimiy tuyg‘u oldida unchalik muhim rol o‘ynamas, ammo tan olish kerakki, oilaga bosh bo‘lar ekansiz, bu borada, albatta, iqtisodiy munosabatlarni hisobga olishingiz kerak. Ko‘p hollarda turmush o‘rtog‘ingiz bilan bo‘ladigan ayrim muammolarning deyarli ko‘pi aynan pulga borib taqalishi barchaga ma’lum. Shunday ekan oila qurishdan oldin bu borada aniq reja tuzib olganingiz ma’qul.

Qarz va kredit to‘lovlaringiz bor

“Bir o‘zim bo‘lganimda allaqachon kreditni uzgan bo‘lar edim”, “Bizning farzandlarimiz bor, shuning uchun hali ham qarzlarni uzolmadim” kabi bahonalarni qilmang. Chunki hayotda ham yaxshi, ham yomon vaziyatlar bo‘lishi tabiiy hol. Oxiri yo‘q iqtisodiy kelishuvlarga rozi bo‘lmang. Kreditlarni imkoniyatingizga qarab oling. Yoshingiz o‘tgani sari vaziyat va imkoniyatlar ham o‘zgarishini unutmang.

Boshqalardan ko‘ra “yomon yashamaslik”ka juda ko‘p harakat qilmang!

Kerakli buyumlarni topayotgan mablag‘ va xarajatlaringizga qarab sotib oling. Balki boshqalardan ko‘ra kichikroq televizor, oddiyroq mashina, uncha qimmat bo‘lmagan telefon ishlating. Shunday qilsangiz, bosh og‘rig‘i va qo‘rqinchli o‘ylar sizni bezovta qilmaydi. Barcha narsalarga asta-asta erishing. Qimmatli buyumlarga o‘ch bo‘lmang.

Nafaqa haqida hozirdan o‘ylang!

Albatta, hali yosh bo‘lsam, nafaqa haqida o‘ylashga hali juda erta, deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo, kelajak uchun oldindan qilingan xayrli tayyorgarlikning hech zarari yo‘q. Ishlaringizni, maoshlaringizni shunday rejalashtiringki, kelajakda oladigan nafaqa pulingiz sizni har tomonlama qoniqtirsin.

Daromadlarni rejalashtiring!

Ota-onalarimiz umr bo‘yi bitta ishda ishlab, o‘sha ishdan nafaqaga chiqishgan. Ammo hozir bunaqa yo‘l tutadigan zamon emas. Shunday ekan, ishdan tashqari qo‘shimcha daromadli ishlarni bajarishdan qochmang. Qo‘shimcha mablag‘ rejalaringizni tezroq amalga oshirishga, bundan tashqari kutilmagan vaziyatlarda sizga yordam berishi aniq.

Sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘ling!

Yillar o‘tgani sari sog‘lig‘imiz hech qachon yaxshilanmaydi. Keksayish har bir insonning taqdirida bor. Ammo xasta bo‘lib, dori-darmon, shifoxonama-shifoxona qatnab, bekorga pul sarflashni istamasangiz, hozirdanoq o‘z sog‘lig‘ingizga javobgar ekanligingizni his eting. Sport bilan muntazam shug‘ullaning, jismoniy imkoniyatlaringizni me’yorda saqlab turing. Ana shunda sog‘lom bo‘lasiz, sog‘lig‘ingizni yo‘qotib, ortiqcha mablag‘ sarflashingizga hojat qolmaydi.

Manba: Tafsilot.uz