Aniqlanishicha, sizning uyqudagi holatingizga ko‘p narsa bog‘liq ekan. Odatda buni uyqudagi umurtqaning holatiga bog‘lashardi. Ammo bu bosh miyaga ham juda muhimligi aniqlandi. Olimlar bundan atigi 3 yil oldin miyaning toksinlardan tozalanish jarayonini aniqlashdi. Boshqa holatlarda bu ishda organizmga limfalar yordam beradi. Ammo miyada bu holat yo‘q. 2012 yilda AQShning Rochester universiteti olimlari tadqiqotning yangi uslublari orqali buni kashf qilishdi. Uni glimfatik tizim deb atashdi. «Limfa» i «gliya» so‘zlaridan olingan bu so‘z holatni aniq aks ettiradi. Chunki gliya neyronlarni o‘rab turuvchi hujayralar bo‘lib, kunduzi gliya asab hujayralariga asosiy ishini bajarishda yordamlashadi, tunda esa ular dam olayotganda ularda yig‘ilib qolgan toksinlarni faol ravishda chiqib ketishiga ko‘maklashadi. Xususan ikki toksik oqsil: amiloid va tau Alsgeymer va Parkinsona kasalliklariga sabab bo‘luvchi hisoblanadi.
Yaqinda ma’lum bo‘ldiki, glimfatik tizim yonboshda uxlaganda yaxshi ishlaydi, chalqancha yotganda uncha yaxshi faoliyat olib bormaydi, qorinda uxlaganda esa umuman yomon. Bunday holatda toksinlar chiqib ketish yo‘li yopilib qoladi, shuning uchun ham ular miyada qolib ketadi.
«Argumenti i Fakti» haftanomasi, № 47 18/11/2015 gazetasidagi maqoladan olindi
Muallif: Aleksandr Melnikov
Manba: Muslimaat.uz