Salomatlik

Qanday qilib kasallikka chalinishdan himoyalanish mumkin?

Qish — yuqumli kasalliklar avj oladigan fasl. Yon-atrofga qarasangiz, deyarli har bir kishi yo‘talib, aksa urayotgandek. Xo‘sh, kasallikka chalinishdan o‘zimizni himoya qila olamizmi? Ha, bu aslida unchalik qiyin ham emas.

Turli xastaliklarga chalinmaslik uchun ularning nima sababdan kelib chiqishini aniqlab olaylik.

1-sabab: Stresslar

Haddan ortiq qizg‘in ish jadvali, rahbariyat bilan muammolar va katta ish hajmi — bularning barchasi salbiy hissiyotlarni keltirib chiqaradi, ayni shu paytda kasalliklar ham o‘zi haqida bildiradi.

Shuning uchun eng ko‘p kasallik varaqasi dushanba kuniga, eng kam esa juma kuniga to‘g‘ri kelishi unchalik hayratlanarli emas.

Afsuski ishdagi stressni faqat ishga bo‘lgan munosabatingizni qayta ko‘rib chiqish orqali yengishingiz mumkin (hamma narsani ham yurakka yaqin olavermaslik lozim). Bu ham yordam bermasa, ishni o‘zgartirish yoki bir necha kunga rejadan tashqari ta’til olishingiz mumkin.

2-sabab: Asta-sekin birinchi sababdan kelib chiqadi

Bu norozilikdan boshqa narsa emas. Siz ishga borish yoki har kuni tongda o‘qishga borishdan bezdingizmi? Dam olishni istaysizu, biroq ta’tilgacha hali uzoq, shundaymi? Muammoning yechimi bor: ong osti kerakli mexanizmni mustaqil ravishda ishga tushiradi. Natijada siz shamol, sovuq yoki konditsioner ostida keragidan ortiq turib qolasiz va shu tarzda shamollab qolasiz.

Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishga borish uchun jiddiy sabab yoki ruhlantiruvchi maqsadlarni o‘ylab chiqing. Hech bo‘lmaganda, kichikroq ta’til olib, tanangizga dam bering.

3-sabab: Yengil sovqotish

Sezilar-sezilmas yelvizak, yoqilgan konditsioner — sekin-asta, lekin muntazamlik bilan tana issiqligini o‘ziga oladi. Bu sovuqning eng xavfli ko‘rinishlaridan biridir. Chunki bunday sharoitda viruslar yanada faolroq ko‘payadi.

O‘z organizmingizni his qilishni o‘rganing. Yengil yelvizak yoki yetarlicha issiq bo‘lmagan ko‘rpaga chidab, qahramonlik qilmang.

Shuningdek, immunitetni mustahkamlab borish haqida ham unutmang. Mashqlar, kontrast dush, vitaminlar qabul qilish va zarurat bo‘lganda emlashlar — mo‘’jiza yaratishga qodir.

Doim sog‘ bo‘ling!