Bir qarashda, saranjom-sarishta odamning kiyimdagi ketishi qiyin bo‘lgan dog‘larni qanday tozalash ustida bosh qotirishiga to‘g‘ri kelmaydigandek bo‘lib ko‘rinadi.
Odatda faqat rivojlanishga ulgurmagan kichkina bolalargina bema’ni vaziyatlarga tushishadi va har doim kiyimlarini iflos qilishadi deb hisoblaymiz.
Lekin tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, katta odamlarning ham deyarli har biri hayotida hech bo‘lmasa bir marta bahorgi shanbaliklardan keyin juda yopishqoq bo‘yoq bilan bo‘yalgan o‘rindiq ustiga bilmasdan o‘tiradi.
Biz bo‘yoq tekkan kiyimni tashlab yuborishga shoshilmaslikni, lekin bo‘yoq bilan birgalikda gazlamani ham yemiruvchi kuchli erituvchilar, benzin va atseton kabi vositalardan foydalanmaslikni taklif qilamiz.
Bo‘yoqni ketkazuvchi samarali vositani tayyorlash usuli juda oddiy.
- Bir xil miqdorda kir yuvish kukuni va sariyog‘ oling.
- Ularni bir xil massa holatiga kelguncha yaxshilab aralashtiring.
- Dog‘ ustiga suring va u butunlay yo‘qolguncha ishqalang. Lekin bu jarayon unchalik ko‘p vaqt talab qilmaydi.
- Kiyimni kir yuvish mashinasiga qo‘ying va avaylab yuviladigan rejimni yoqing.
- Yuvish tamom bo‘lgandan keyin buyumni oling va quriting.
Manba: Daryo.uz