Bilasizmi?

Qanday qilib paxmoq sochiqni yana yumshoq va mayin qilish mumkin?

Paxmoq sochiqlar uzoq muddat ishlatilganidan keyin ham yana yumshoq va mayin bo‘lishlari uchun har bir uyda topiladigan oddiy va arzon vositalar – sirka va iste’mol sodasi yordamidan foydalaning.

Buni quyidagi tartibda amalga oshiring:

1) Sochiqlarni kir yuvish mashinasiga joylang, bir piyola sirkani suyuq yuvish vositalari solinadigan joyga quying va eng yuqori haroratda, lekin chayqash va siqishsiz yuvish rejimiga qo‘ying.

2) Yuvish tamom bo‘lganidan keyin yuvish kukuni qo‘yiladigan joyga yarim piyola iste’mol sodasi soling va yana bir marta, lekin chayqash va siqishni yoqqan holda to‘liq siklli yuvish rejimiga qo‘ying.

Bunday yuvishdan keyin paxmoq sochiqlar yana yumshoq va mayin bo‘ladilar. Paxmoq sochiqlar har doim shunday bo‘lib qolishlari uchun bir necha maslahatlarga amal qiling:

  1. Konditsionerdan voz keching! Vazifasi choyshablarni yumshoq qilish bo‘lgan aynan o‘sha konditsioner paxmoq sochiqlarni dag‘al qilib qo‘yadi; bundan tashqari paxmoq sochiqlar konditsionerdan keyin suvni unchalik yaxshi singdirmay qoladi.
  2. Alohida yondashuv. Paxmoq sochiqlarni hech qachon boshqa buyumlar bilan birga yuvmang.
  3. Sochiqlarga erkinlik! Alohida yuvishda kir yuvish mashinasi barabanini butunlay to‘ldirib yubormang, yarmigacha yoki eng ko‘pi bilan to‘rtdan uch qismini to‘ldiring.
  4. Tabiiy sharoitlarda quriting. Sochiqlarni batareyalar, isitgichlar va boshqa isitish manbalari ustida quritmang. Hatto quyoshda quritish ham ularni dag‘allashtiradi. Eng yaxshi yo‘li — ochiq havoda, lekin soyada yoki hech bo‘lmasa vannaxonada quriting.

Agar siz bu qoidalarga rioya qilsangiz, sizning paxmoq sochiqlaringiz hech qachon o‘zining yumshoqligi va mayinligini yo‘qotmaydi.

Manba: Daryo.uz