O‘ziga mos sportni tanlashning eng ishonchli usuli — bu sinab ko‘rish va xatolar qilish. Lekin tanlashga ancha yillar kerak bo‘ladi, chunki bir urinishda hech qachon yalqovlikni mos kelmaslikdan farq qilib bo‘lmaydi — har bir faollik turi uchun kamida ikki oy vaqt sarflanadi.
Shuning uchun aniq omillarga tayanib ish ko‘ramiz. Sportni qomatingiz turiga qarab tanlashingiz ham mumkin.
«Olma»
Ayollar qomatining eng ko‘p tarqalgan turi. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, ortiqcha vazn birinchi navbatda qorin sohasida to‘planadi. Va hatto ozg‘in ayollarda ham qorin biroz oldinga chiqadi. Lekin ularning qo‘llari va oyoqlari xushbichim bo‘ladi.
Sizga mos sport. Ortiqcha qiyinchiliksiz o‘z muammolaringizni hal qilish uchun sizga suzish, tez yurish, pilates, kallanetika va tangolar yordam beradi.
«Nok»
Bu haqiqiy klassik uslubdagi ayollar qomati: tor yelkalar, keng tos. Ortiqcha vazn son va tos sohalarida yig‘iladi.
Sizga mos sport. Bunday qomatli ayollar tabiatan serg‘ayrat va chaqqon bo‘ladi. Siz nazokat va tezlik namoyon bo‘ladigan fitnes turlarida o‘zingizni yaxshi his qilasiz. Sizga mos bo‘lgan variantlar: zumba, bellidans, yugurish, strip-plastika, aerobika.
«Qum soat»
Mukammal ravishda muvofiqlashgan qomat: chiroyli ko‘krak, ingichka bel, to‘ladan kelgan sonlar. Siz ozsangiz ham, semirsangiz ham — baribir chiroyli ko‘rinasiz.
Sizga mos sport. Sizga kuch ishlatiladigan mashqlar, yoga, stretch, fitnesning barcha raqs turlari, velosiped juda mos tushadi.
«Chizg‘ich»
Bu qomatning testosteronli turidir. Ularni hech qachon ortiqcha vazn to‘play olmaydigan «olmalar» yoki vazn chizg‘ichi desa ham bo‘ladi. Ularning bellari yo‘q. Sonlarida yog‘ yig‘ilmaydi va ko‘kraklari ham odatda unchalik katta bo‘lmaydi.
Sizga mos sport. Siz ertalab ham, kechqurun ham planka qilish bilan shug‘ullanishingiz kerak. U tanani faol tutishga va qisqa vaqt ichida qomatni yaxshi shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek suzish, kuch ishlatiladigan mashqlar, uzoq masofalarga yugurish bilan ham shug‘ullansangiz bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz