Quyida keksayish jarayonini sekinlashtiradigan 8 ta oddiy mahsulot bilan tanishishingiz mumkin.
- Yong‘oq
Yong‘oq qon tomirlari ishini yaxshilaydi, yurak xastaliklari va diabetdan himoya qiladi. Gap shundaki, uning tarkibida katta miqdorda polifenol — zararli erkin radikallar bilan o‘zaro ta’sir qiladigan birikmalar mavjud. Yong‘oqda oqsil, vitamin va minerallar ham ko‘p bo‘ladi.
- Brokkoli
Brokkoli sulforafan — saratonga qarshi va antibakterial xususiyatlarga ega moddalarning eng yaxshi manbai hisoblanadi. Ushbu karam immun tizimini yurak va qon-tomir kasalliklari, bo‘g‘imlarning degenerativ xastaligi va diabet kabi qarish omillaridan muhofaza qiladi.
3. Dolchin
Dolchin (koritsa) terida kollagen sintezlanishiga imkon yaratadi, shu tariqa hujayralarni yoshartiradi va o‘sish gormonini ishga soladi. Tarkibida antioksidantlar bo‘lgan ziravor yurak va qon-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
- Qora shokolad
Qora shokolad tarkibidagi asosiy masalliq — kakao antioksidantlik xususiyatlariga ega epikatexinga boy. Shirinlik qon bosimini tartibga soladi, yurak ishini yaxshilaydi, shuningdek, qarilik tufayli kelib chiqadigan aqliy zaiflikning oldini oladi.
- Qizil karam
Qizil karamda antotsianlar — saratondan himoya qiluvchi moddalar bor. U, shuningdek, yurak va bosh miya ishini yaxshilaydi, kollagen va teri to‘qimalari holatini barqarorlashtiradi.
- Sarimsoqpiyoz va piyoz
Ular yurak va qon-tomir kasalliklarining oldini olishda yordam beradi, aqliy zaiflik, shuningdek, Alsgeymer kasalligi rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
- Petrushka
Petrushka iste’mol qilinishi natijasida qon tozalanadi va glutation moddasi ishlab chiqariladi, ushbu modda antioksidant himoyasining farzini deb ataladi.
- Limon
Limon sharbati S vitamini va antioksidantlarga boydir. U qonni toksinlardan tozalashda yordam beradi.