Zarur masalliqlar: sho‘rva uchun: 500 ml. suv, tuz; frikadelkalar uchun: 400 gr. mol go‘shti qiymasi, 60 gr. guruch, 1 dona tuxum oqi, 2 bosh piyoz, 1 bo‘lak sarimsoqpiyoz, o‘simlik yog‘i, tuz, qora murch; qayla uchun: 1 donadan tuxum, tuxum sarig‘i va limon, ko‘katlar.
Tayyorlanishi: 1. Piyoz va sarimsoqpiyozni maydalab to‘g‘rang. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida avval piyozni qovurib, keyin sarimsoqpiyozni qo‘shing.
2. Guruchni suvda pishiring.
3. Go‘sht qiymasiga qovurilgan piyozning yarmini, tuxum oqi, 2 osh qoshiq suv, tuz va murchni soling. Yaxshilab aralashtiring. Qaynatilgan guruchni qo‘shing.
4. Qiymadan kichkina «shar»lar yasang-da, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
5. Qolgan piyoz va frikadelkalarni chuqur idishga solib, ustidan to ular botib turguncha qaynatilgan suv quying. So‘ngra past olovda 20 daqiqa qaynating.
6. Qayla uchun mo‘ljallangan tuxum sarig‘i, tuxum va limon sharbatini yaxshilab aralashtiring. Ozgina sho‘rvadan ham qo‘shib, ko‘pirtiring. Qaynab ketmasdan olovdan oling. Maydalangan ko‘kat sepib, dasturxonga torting.
1 soat
3 kishilik
Manba: Darakchi.uz