Madaniyat

Qazg‘oqdan xalos bo‘ling

Uy sharoitida qazg‘oq muammosidan qichitqi o‘t (krapiva), aloy, dalachoy (zveroboy), tirnoqgul (kalendula), moychechak (romashka) suvi yordamida xalos bo‘lish mumkin.

Oddiy qoidalar ham qazg‘oq paydo bo‘lishining oldini oladi. Sintetik bosh kiyimlarni kiymang. Bosh terisi yaxshi nafas olishi uchun paxta yoki jundan tikilgan bosh kiyimlarni kiying.

Yog‘li, dudlangan va achchiq taomlar iste’molini kamaytirish ham qazg‘oqning paydo bo‘lish ehtimolini kamaytiradi. Ularning o‘rniga sut mahsulotlaridan ko‘proq tanovul qiling.

Manba: Darakchi.uz