Zarur masalliqlar: 5-6 ta qizil bulg‘or qalampiri, 200 gr mol go‘shti qiymasi,100 gr marinadlangan jo‘xori, 1 ta piyoz, 2 ta pomidor, yarim bog‘ kashnich, 100 gr pishloq, yarim stakan mayonez, 50 gr o‘simlik yog‘i,1 dona tuxum, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1). Bulg‘or qalampirini ikkiga ajratib, o‘zagidan tozalang. Go‘sht qiymasini mayda to‘g‘ralgan piyoz bilan o‘simlik yog‘ida qovuring. 15 daqiqa olovda turgach, tagini o‘chirishingiz mumkin. So‘ng unga tuz va murch qo‘shib, mazasini rostlang. Pomidorni mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘rang. Kashnichni maydalab, pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Mayonezga atalangan tuxum qo‘shib, aralashtiring.
2). Tozalangan bulg‘or qalampirining ichiga 1 osh qoshiqdan qovurilgan qiyma, ustidan pomidor, marinadlangan jo‘xori, ozroq kashnich soling. Ustidan mayonezli aralashmadan quying-da, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
3). To‘ldirilgan bulg‘or qalampirini 180 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechiga 10 daqiqaga qo‘ying. Pishgach, likopchalarga tering-da, atrofini bodring va ko‘k piyoz bilan bezating.
Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.
Manba: Darakchi.uz