Bilasizmi?

«Qo‘l terlashi va muzlab qolishi nimaning alomati?»

– Vaqti – vaqti bilan qo‘l kaftimning terlashi va o‘z-o‘zidan muzlab qolayotganini sezayapman. Bu yurak bilan bog‘liq emasmi, deya havotirdaman.

Anvar, Namangan shahri

Savolga oliy toifali shifokor-terapevt Nodira HAMROYeVA javob beradi.

– Fe’l-atvoriga ko‘ra ta’sirchan insonlarda vegetativ nerv tizimi zaif bo‘ladi. Bunday kishilar biror nimadan qattiq asabiylashsa, qo‘rqsa yohud vahimaga tushsa, qo‘l kaftining terlashi yoki muzlashi yuz beradi. Qo‘l kaftidagi mazkur o‘zgarish nerv tizimidan tashqari endokrin tizim faoliyatiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sizga maslahatim, terapevt, endokrinolog shifokorlar ko‘rigidan o‘tib, davolaning. Sizdagi bezovtalik yurakka bog‘liq emas.

Manba: Darakchi.uz