Salomatlik

«Qo‘lda ham varikoz bo‘ladimi?»

– Qo‘limning bilak kaft sohasida varikoz bor. Og‘ir narsa ko‘tarsam og‘riq beradi. Bu dardning davosi bormi? Jarrohlik muolajasini tavsiya etishayapti. Ammo keyinchalik biror asorati bo‘lsachi deb ikkilanayapman. Nimani maslahat berasiz?

Sanjarbek Yusupjonov, Toshkent shahri

Savolga sport shifokori Sunatilla YuLChIYeV javob beradi:

– Aynan bilak kaft sohasida varikoz dimlanishlarni kuzatmaganman. Savolingiz mazmuniga ko‘ra siz nazarda tutayotgan holat gigromaga o‘xshayapti. Gigroma bilak kaft bo‘g‘imida qaltis harakatlar evaziga kapsulaning yirtilishi va bo‘g‘imdan chiqqan suyuqlikning mushak ostiga to‘planib qolishidir. Diqqat qiling, agar shish uzoq vaqt mobaynida saqlanib turgan bo‘lsa, jarrohlik amaliyotiga murojaat qilish lozim. Bordiyu buning aksi bo‘lib, shishning yuzaga kelganiga ko‘p bo‘lmagan taqdirda konservativ davo choralarini qo‘llash mumkin. Ayni vaziyatda shifokor ko‘rigidan o‘tishingizni tavsiya qilaman.

Manba: Darakchi.uz