Kutubxona

Qo‘y go‘shtidan somsa

O‘zbek somsasi butun dunyoga mashhur, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, qo‘y go‘shti va dumbasi solinib tayyorlanadigan varaqi somsalarni boshqa millat vakillari ham zo‘r ishtaha bilan tanovul qiladilar.

Somsa — xamirli taom turi. O‘zbek pazandaligida somsa asosan, tandirga yopib dumaloq shaklda tayyorlanadi. Hozir gaz duxovkalarida uchburchak va to‘rtburchak shaklida ham pishiriladi. Somsa tayyorlash uchun bug‘doy unidan xamir qorilib, jild tayyorlanadi. Somsaga ko‘pincha sirka, pomidor qaylasi, Jizzax somsasiga esa o‘simlik moyi sepilib tanovvul qilinadi. Go‘sht ishlatiladigan somsaning ba’zi turlari uchun oshirilgan, ba’zan esa oshirilmagan xamir tayyorlanadi, tandirga yopishdan oldin qizigan tandirga namakob sepiladi (ayrim hollarda duxovka yog‘lanadi). Somsaning masalliqlariga qarab farmuda somsa, go‘shtli, varaqi somsa, ko‘k somsa, qovoqli, yalpiz somsa, kartoshkali somsa kabi turlari bor.

2881425

Manba: Sputniknews-uz.com