Bilasizmi?

Qo‘l terisini parvarish qilish bo‘yicha maslahatlar

Ayol nafaqat yuziga balki qo‘llarining ko‘rinishiga ham e’tiborli bo‘lishi lozim. Qo‘l terisi yuz teridan ko‘ra tezroq o‘z go‘zalligini yo‘qotadi. Bunga asosiy sabab, ayollar qo‘lini ko‘p suvga uradi, qo‘l terisi issiqlik va sovuqni tez-tez o‘zida his etadi, teri uchun zararli bo‘lgan kimyoviy moddalar(kir yuvish va tozalash vositalari) asosan qo‘l terisi bilan to‘qnash keladi. Shuning uchun ayollar muntazam ravishda, yuzni parvarish qilgandek, qo‘llarini ham parvarish qilib turishlari muhim. Ayolning yuzi qanchalik go‘zal bo‘lmasin qo‘l va oyoq terisi dag‘al, rangsiz va nosog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lsa, bu unga chiroy qo‘shmaydi. Yuz terisi kamchiliklarini kosmetika bilan berkitish yo‘li bor, lekin qo‘l terisini hech narsa bilan berkitib bo‘lmaydi. Qo‘l terisini parvarish qilish tamoyillari: 1. Har kuni yotishdan oldin qo‘llarni iliq suvda yuvib, vitaminga boy qo‘l kremini surib olish kerak. 2. Uy ishlarini bajarish jarayonida kimyoviy vositalardan foydalanilgan payt albatta himoyalovchi qo‘lqopni kiyib olish lozim. 3. Haftada kamida bir marta qo‘lga krem surish davomida qo‘l terisini massaj qilish tavsiya etiladi. 4. Sovuq kunda tashqariga qo‘lga himoyalovchi krem surgan holda chiqish kerak. 5. Qo‘lni yaxshilab sochiqda artish muhim, xo‘l terida modda almashinuvi tez buziladi. Qo‘l terisi uchun foydali krem (uy sharoitida): 1 dona olmani qirg‘ichdan chiqarib 2 osh qoshiq zaytun yog‘i bilan aralashtiramiz. Bunga 1 choy qoshiq vazelin qo‘shib qo‘limiz terisiga 10 daqiqaga surib qo‘yamiz. So‘ng yuvib tashlaymiz. 6. Quyosh nurlariga qarshi kremni qo‘l terisiga ham surishni unutmaslik kerak. 7. Qo‘lni juda qaynoq yoki juda sovuq suvda yuvmaslik lozim. 8. Agar qo‘l terisi juda ham kir bo‘lsa, terini sovunda ishqalab yuvishdan ko‘ra limonning bir bo‘lagi bilan kir joylarni artib chiqsa, ham kiri ketadi, ham teri rangi oqaradi.