Kiygan har bir libosi o‘ziga bo‘lgan ishonchni ta’minlasagina, ayol o‘zini kun bo‘yi qushdek yengil his qiladi.
Did bilan tanlangan kiyim qomatning ba’zi kamchiliklarini yashiradi. Shuningdek, tananing yuqori va quyi qismini o‘zaro uyg‘unlashtirish uchun yuz, bo‘yin va qo‘llar haqida qayg‘urish lozim. Buning uchun quyidagi tavsiyalarga e’tibor bering:
[дропсап тйпе="сирсле"]1[/дропсап]Tor va qiya yelkali ayollarga, odatda, keng liboslar yarashadi. Shuningdek, bluzka bilan kalta yengli, ko‘ndalang chiziqli va burmali yoqalar ham tavsiya etiladi. Biroq “V” shaklidagi chuqur o‘yilgan, kimono va reglan bichimidagi kiyimlar ularga yarashmaydi;
[дропсап тйпе="сирсле"]2[/дропсап]Bo‘yni qisqa ayollarga “V” shaklida o‘yilgan, yupqa, uzun marjon va zanjirlar yordam beradi. Ammo baland, aylana va to‘g‘ri burchakli, “kare” uslubida o‘yilgan yoqalar tavsiya etilmaydi;
[дропсап тйпе="сирсле"]3[/дропсап]Ko‘rkam bo‘lmagan qo‘llarni chiroyli ko‘rsatishning samarali usuli – yorqin rangdagi manikyur va original manjetlar. Cheti mo‘ynali yoki turli rangdagi manjetlar qo‘lingiz husnini yana-da orttiradi. Bluzka va yengsiz liboslar “sir”ingizni fosh qilib qo‘yadi.
[дропсап тйпе="сирсле"]4[/дропсап]Xushbichim ayollarni yanada jozibali ko‘rsatish uchun ularga mayin jundan va zig‘ir tolasidan tayyorlangan qora rangli kostum va ko‘ylaklar tavsiya etiladi. Shuningdek, jigarrang, yashil, ko‘k, zarg‘aldoq, moviy va binafsharang tusdagi chiziqli, katak-katak matolardan tayyorlangan liboslar ham yarashadi;
[дропсап тйпе="сирсле"]5[/дропсап]Jussador ayollarga keng jaket yoki pidjak va to‘g‘ri bichimli yubka yordam beradi. Paltoni ham shunday bichimdagi turlarini tanlagan ma’qul;
[дропсап тйпе="сирсле"]6[/дропсап]Jussador ayollarni erkin liboslar, belbog‘siz ko‘ylaklar ko‘rkam ko‘rsatadi;
[дропсап тйпе="сирсле"]7[/дропсап]To‘lacha qomatlarga taqiladigan belbog‘larning eni uch santimetrdan oshmasligi va ular bo‘shroq bog‘lanishi kerak.
[дропсап тйпе="сирсле"]8[/дропсап]Yorqin rangdagi, ayniqsa, oq rangli matolardan ham foydalanib turgan durust. Mato yuz rangi va sochning jilosiga qarab moslansa ham yaxshi samara beradi. Chunki qora rangli kiyimlar chehraga yanada joziba baxsh etadi;
Qad-qomatni yana-da ko‘rkam ko‘rsatish uchun ranglar uyg‘unligidan oqilona foydalanish lozim. Shu ma’noda sizga bir nechta maslahatlarni berib o‘tamiz:
[дропсап тйпе="сқуаре"]1[/дропсап]To‘lacha va past bo‘yli ayollarga yirik gulli matolar tavsiya qilinmaydi. Bunday ko‘rinishdagi liboslar baland bo‘yli va ozg‘in ayollarga ko‘proq yarashadi;
[дропсап тйпе="сқуаре"]2[/дропсап]Ko‘ndalang chiziqli matolar qomatingizni xushbichim qilsa, tik chiziqli matolar to‘lacha ko‘rsatadi;
[дропсап тйпе="сқуаре"]3[/дропсап]To‘q rangli liboslar qomatingizni ixcham ko‘rsatsa, yorqin ranglar esa aksincha, sizni to‘lacha namoyish qiladi. Shuning uchun ensiz yelka va bo‘liq sonli ayollarga ochiq rangdagi yubka yoki shim bilan bo‘g‘iq rangli koftalar kiyish tavsiya etilmaydi;
[дропсап тйпе="сқуаре"]4[/дропсап]Ozg‘in qizlar cho‘ntaklari, mayda detallari ko‘p bo‘lgan, gorizontal chiziqli liboslarni kiysalar nisbatan to‘laroq ko‘rinadilar. Shuningdek, bir necha qavatdan iborat bo‘lgan yubkalar, pirpirakli ko‘ylaklar ozg‘inlikni yashiradi;
[дропсап тйпе="сқуаре"]5[/дропсап]Bo‘yingiz past bo‘lsa, uzunroq shim va yubkalar kiying. Imkon qadar kofta, yubka yoki shimingiz bir xil rangda bo‘lishi kerak. Bir xil rang bo‘yni uzun qilib ko‘rsatadi;
[дропсап тйпе="сқуаре"]6[/дропсап]Bo‘yingiz uzun bo‘lsa, yig‘mali, burmali, manjet va katta belbog‘li ko‘ylaklarni kiyish tavsiya etiladi;
[дропсап тйпе="сқуаре"]7[/дропсап]Orqasi keng ayollarni ko‘proq ana shu qomat bilan yaxshi uyg‘unlashtiruvchi bluzka va sviterlar ochib turadi. Agar ularning orqasi uzun bo‘lsa, yaxshisi, so‘nggi urfdagi yubka yoki bel qismi toraytirib tikilgan shim kiyishgani durust;
[дропсап тйпе="сқуаре"]8[/дропсап]Past bo‘yli va to‘lacha ayollarga esa orqani o‘rtacha ko‘rsatish uchun beldan pastroqqa tushib turadigan liboslar maslahat beriladi;
[дропсап тйпе="сқуаре"]9[/дропсап]Bukchayganroq qomatlarni tik ko‘rsatish maqsadida ko‘ndalang chiziqli kiyimlar kiyish kerak;
[дропсап тйпе="сқуаре"]10[/дропсап]To‘lachadan kelgan ayollar qomatidagi bu nuqsonni yashirish yo‘lini kichik hajmli liboslar tanlash, deb biladilar. Lekin bu yo‘l kamchiliklarini yanada yaqqolroq namoyish etib qo‘yadi. Yaxshisi, gavdaning tabiiy tuzilishiga muvofiq libos tanlash kerak;
[дропсап тйпе="сқуаре"]11[/дропсап]Yelkalari nozik, ko‘krak qafaslari tor, sonlari va oyoqlari to‘lacha ayollar go‘zal ko‘rinishlari uchun poshnali poyabzallar, yelkador, yengli va yopishtirma yoqali liboslar asqotadi.
Oro berish, bezanish – ayollarning eng sevimli mashg‘uloti. Lekin haddan ziyod bezanish bachkanalikka olib keladi. Katta yoki kichik bezaklarni tanlashda did va me’yor muhim ahamiyat kasb etadi. Agar o‘zingizdagi ortiqcha bezakni aniqlamoqchi bo‘lsangiz, ko‘zguga qarang. Ko‘zingizga birinchi bo‘lib nima ko‘rindi, yaqqol ko‘zga tashlandi? Demak, o‘sha “buyum” sizning jamolingizga soya solib turibdi. Bezakni kamaytirgan ma’qul.
Maqola ““Etiketning oltin kitobi” asosida yozildi.